1. 1. Ishonish hissi, tuyg‘usi. Ishonch bilan gapirmoq; Ishonch uyg‘otmoq. ▬ O‘ninchisi ham gapmi, istaganicha topishi mumkin — istak, ishonch o‘lmasa bas Gazetadan Yo‘lchi chakki odamlarni topmadi, Yormatning haqsiz ekaniga ishonchi kundan-kun ortdi. Oybek, Tanlangan asarlar Bor ishonchim: bir kuni Yongay quyosh qutb uzra ham. E. Vohidov, Muhabbatnoma
2. 2. E’timod etilgan, suyanilgan, umid bog‘langan shaxs yoki narsa. Modomiki, ikkimizning yolg‘iz ishonchimiz shu o‘g‘limiz ekan bizga lozimi, uning xursandligi nima bilan bo‘lsa, shuni axtarishdir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar Elmurodning g‘urur bilan gapiradigan gapi — kelajakka ishonch va umidi bo‘lib qoldi. P. Tursun, O‘qituvchi
1. ishonchi komil: mutlaqo ishonadi
2. komil ishonch bilan: mutlaqo amin bo‘lgan holda