Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ishli}
So‘z bo‘g‘inlari: ish-li
Izoh(lar)i:
ishli sf

1. Ishi, yumushi bor; ish-xizmatli. Ishli yigit. Ishlining ishi bitar, ish-sizning kuni o‘tar. Maqol
Ya na bir oz kut, kelib qolar. Ishli odam emasmi, axir! Oydin, Ko‘ngli to‘ldimi, yaxshi yigit

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakli – harakatning tasdiq yoki inkorini ko‘rsatuvchi fe’l shakli.

Fe’llar bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi: keldi – kelmadi. Bo‘lishli fe’l harakatning tasdig‘ini bildiradi, maxsus ko‘rsatkichga ega emas: o‘qidi, o‘qib, o‘qigan, o‘qish. Bo‘lishsiz fe’l harakatning inkorini bildiradi. -ma shakli bilan hosil qilinadi: o‘qimadi, o‘qimay, o‘qimasdan, o‘qimas, o‘qimaslik.

Uslubiy belgilari.Fe’llarning bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanligi nutqda -ma shaklini qo‘llanish-qo‘llanmasligi bilan belgilanmaydi. Nutqda bo‘lishsizlik kuchsizlanishi yoki bo‘lishlilik yo‘qolishi mumkin. Mas., Eshitganini aytmay-qo‘ymaydi (bo‘lishli); Sizni ketkizarmidik (bo‘lishsiz); U sho‘rlik qanday kunlarni ko‘rmadi? (bo‘lishli); Olasaaan (bo‘lishsiz); Bolani kim sevmaydi? (bo‘lishli).

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.