1. 1. 1 Inson faoliyati bilan bog‘liq, uning mehnati bilan amalga oshadigan, bajariladigan narsa.
Dalada ish ko‘p. Bor-yo‘g‘i bir kunlik ish qoldi. Ishlayman deganga ish topiladi. Xayrli ish. Mashaqqatli ish.
▬
Ishlay desam — ish bo‘lmasa, dehqonchilik qilay desam — yer bo‘lmasa.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Yo‘lchi ishga razm solib, qaydan boshlash kerakligini o‘yladi.
Oybek,Tanlangan asarlar
— Hay Adol, qiz bolalarni frontga olmas emish. — Qizlarni ham olaversa, daladagi ish kimga qoladi.
I. Rahim, Chin muhabbat
2. 2. Ishning ijrosi, ish ustidagi faoliyat, mehnat.
Ishdan qoldirmoq. Ishga kirishmoq. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar.
Maqol
Qari kelsa — oshga, yosh kelsa — ishga.
Maqol
Ular me’morga ko‘zlari tushishi bilan, bir daqiqa ishni to‘xtatib, bosh irg‘ab salom berishdi.
Mirmuhsin,Me’mor
Ustaxona darvozasidan kirishimiz bilanoq sexlarda ish qaynayotganligining guvohi bo‘lamiz.
Gazetadan
Qurbon ota hech kimning esiga kelmagan bir yaxshi ishni boshladilar.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. 3. Ish-faoliyatning mahsuli, undan yuzaga kelgan (yaratilgan) narsa.
Rassomning ko‘rgazmaga qo‘ygan ishlari. U yaratgan ishlar mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.
▬
Yo‘lchining bajargan ishiga ko‘z yugurtirib, o‘zicha o‘yladi: Devkor yigit ekan.
Oybek,Tanlangan asarlar
Bu ishing biror olimning qo‘liga tushib qolsa bormi, dissertatsiya yoqlardi.
T. Ashurov, Oq ot
4. 4. Ma’lum haq, evaz hisobiga qilinadigan ish-faoliyat, mehnat.
Bechora ish qidirib, boshi oqqan tomonga borar ekan.
Oybek,Nur qidirib
Toshkentda ish topsam, balki qolarman.
Oybek,Tanlangan asarlar
5. 5. Xizmat vazifasi; lavozim.
Ishga kirmoq. Shu ishda ishlab kelyapti.
▬
Sizni bo‘shatishadimi, yo‘qmi — sizni bu ishga kim tayinlagan bo‘lsa, o‘shandan so‘rang.
Y. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Bu gap korxonaga ovoza bo‘lib, Jonfig‘onni o‘sha zamoniyoq ishdan haydashibdi.
A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Dadamni ilgari katta-katta ishlarda ishlagan deyishadi.
E. Raimov, Ajab qishloq
6. s. t. t. Bo‘sh ish o‘rni.
Ko‘p joyga uchradim, lekin ish yo‘q degan javob oldim.
7. 7. Mehnat-faoliyatning muayyan sohasi, turi; kasb.
Hayotda shunday odamlar bo‘ladiki, ular butun umrlarini faqat bir ishga, biron kasbga bag‘ishlagan bo‘ladilar.
X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari
Xudo ko‘nglingizga solib, shu ishni [sartaroshlikni] ixtiyor qilibsiz — kam bo‘lmaysiz.
E. Raimov, Ajab qishloq
8. 8. Burch.
Ozodalikka doimiy e’tiborda bo‘lish — barchaning ishi.
▬
[Ellikboshi:] Mahalladagi yigitlarning bari manga ma’lum. Bilish mening ishim-da.
Oybek, Tanlangan asarlar
9. 9. Hal etilishi lozim bo‘lgan narsa; masala, muammo.
Ishning yengil ko‘chishiga sevingan ona Otabekning bu shartiga lom demasdan ko‘ndi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yasovulboshi xon ikkalasigina tushunadigan tilda ishni pishirib qo‘ygan edi, shuning uchunmi, murtini silab kuldi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
ayniqsa, kundalik ishi qiyin, kosa kosaga tegganda, g‘idi-bidi gaplar ko‘paysa o‘g‘lingga ham tatimay qoladir.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
10. 10. O‘zgaga, o‘zga manfaatiga qarashli yumush; hojat.
Kel, qo‘zim, nima ishing bor?
Oybek,Tanlangan asarlar
Yurt ishiga yaramagan bola qay ishga yaraydi?
S. Ahmad, Ufq
11. 11. Xos ish, xatti-harakat.
Oldiga qo‘yganni yemak — hayvonning ishi, og‘ziga kelganni demak — nodonning ishi. Va’daga vafo — mardning ishi.
▬
Avaz, yigitning ishi tavakkal, deb chap tomonga burildi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
12. 12. Voqea, hodisa.
O‘z uyida o‘tirgan qiz bir kechada g‘oyib bo‘lsin, tavba! Juda xunuk ish, Olimxon aka?
Oybek,Tanlangan asarlar
Nizomjon uning avzoyidan juda xunuk ish bo‘lganini fahmladi-da, yoniga o‘tirdi.
S. Ahmad, Ufq
Boshing sog‘ bo‘lsa, hali Toshkentda ko‘p ajoyib ishlarni ko‘rasan, yigitcha!
Oybek,Tanlangan asarlar
13. 13. Ahvol, holat.
Hozir ish boshqa: Yo‘lchi qamoqda.
Oybek,Tanlangan asarlar
Xo‘sh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkentda nima gaplar bor?
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Har yerda dehqonning ishi chatoq. Yeri bo‘lsa, ulovi yo‘q, ulovi bo‘lsa, yeri yo‘q, ko‘pida ikkisi ham yo‘q.
Oybek,Tanlangan asarlar
14. 14. Gap-so‘z, gap-so‘z bo‘lgan narsa(lar).
Nega desang, mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki, bu ikkinchi uylanishga Otabek butunlay qarshi bo‘lib, faqat bu gap qudalarninggina ishlaridir.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
15. huq. huq. Sud yoki ma’muriy organlarda ko‘riladigan narsa, jarayon.
Fotima ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
T. Ashurov, Oq ot
Shu telefon sabab bo‘ldimi bir-ikki kundan keyin ishim boshqa tergovchiga o‘tib, tezlashib ketdi.
O. Yoqubov, Izlayman
Yer to‘g‘risida bir chatoq odam bilan sudlashib yurgan edi, sud ishni buning zarariga hukm qilganmikan, deb o‘yladi.
Oybek,Tanlangan asarlar
16. maxs. Bir juft poyabzalga yetarli teri bo‘lagi yoki muayyan kiyimga yetarli gazlama.
Bu teridan to‘rtta ish chiqarish mumkin. Ish bichmoq. Ish tikmoq.