1. 1. Mehnat bilan shug‘ullanuvchi, o‘z kuchi bilan hayot kechiruvchi shaxs; mehnatchi.
Shu yo‘sin ariq qazila boshlandi. Lekin ishchi ko‘p, oziq-ovqat yo‘q edi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Biz — ishchimiz, mehnatchimiz, Biz ham inson o‘g‘limiz.
Hamza
2. 2. Korxonalarda jismoniy mehnat qiluvchi (ishlovchi) shaxs; moddiy boylik yaratuvchi ijtimoiy guruh vakili.
Zavod ishchisi. Qurilish ishchisi. Temir yo‘l ishchisi.
▬
Ishga qabul qilishda sinab ko‘rish — ishchi yoki xizmatchining unga topshirilayotgan ishga muvofiqligini tekshirib ko‘rishdir.
Gazetadan
E’zozli o‘quvchim (balki paxtakor, ehtimol, ishchisan, balki ziyoli).
A. Sher