Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ishboshi}
So‘z bo‘g‘inlari: ish-bo-shi
Izoh(lar)i:
ishboshi ot

1. Biror ishning borishini kuzatib, rahbarlik qilib turuvchi shaxs; sarkor. Xon tarafidan ular ustiga ishboshi qilib belgilangan sarkorlar quloq eshitmagan so‘kishlar bilan bechoralarni tahqir etar edilar. A.Qodiriy, Mehrobdan chayon
Ishboshi: — Qani, taraf bormi? — deb polvonlarni maydonga chaqirganda, nima bo‘ldi-yu, tavakkal qilib, o‘rnimdan turib ketdim. P. Tursun, O‘qituvchi
katta ishlarni olmay, iloji bo‘lsa, ko‘prig-u hammomlar loyihasini tuzib, o‘zi ishboshi bo‘lish niyatida ekanini aytdi. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: boshliq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.