Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iroda}
So‘z bo‘g‘inlari: i-ro-da
Izoh(lar)i:
iroda ot

1. Maqsadni yuzaga chiqarish uchun kishida bo‘lgan matonat va qat’iyat. Kuchli iroda. Temir iroda. Irodasi yo‘q odam, ▬ Ular qurollari sinsa — qo‘llari bilan, qo‘llari sinsa — tishlari bilan, tishlari sinsa — irodalari bilan qazish qasdida kelgan suv tashnalari edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
[Turg‘unboyning] Ko‘nglini qandaydir shubha va norozilik tatalab turgan bo‘lsa ham, biron qarshi fikr aytishga irodasi yetmadi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. Ixtiyor, xohish. O‘z irodasiga qarshi ish qilmoq. ▬ Huquqiy davlatda ozchilik, agar mard bo‘lsa, ko‘pchilikning irodasiga itoat qiladi. E. Yusupov, Istiqlol yo‘lida

3. Iroda (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. irodati ayog‘i sinmoq: -

1. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.