Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {irmoq}
So‘z bo‘g‘inlari: ir-moq
Izoh(lar)i:
irmoq ot

1. 1. Birlashib, katta daryo hosil qiluvchi har bir ayrim kichik daryo. Sirdaryo irmoqlari. Yolg‘iz oqqan irmoq ham foyda keltiradi, qizim, axir, oqib-oqib, daryoga qo‘shiladi-ku! Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
G‘ayratlar paxta terayotgan yerlarning oxirida Zarafshon daryosining bir irmog‘i — Qoradaryo o‘tadi. M. Hazratqulov, Jur’at.

2. 2. Umuman, daryocha, kichik daryo. Bu vodiyning quyoshi ham bizniki, Baxmal qir-u zumrad irmoqlari ham. G‘. G‘ulom
Muzliklar ostidan chiqayotgan suv kichik irmoq hosil etib oqardi. S. Karomatov, Oltin qum.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bandalikni bajo keltirmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq

2. bandalikni topshirmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq.

3. berdisini aytguncha urib o‘ldirmoq: gapirib bo‘lguncha kutmay (chidamay) biror narsa dedi

4. boshga qo‘ndirmoq: kiymoq

5. didiga o‘tirmoq: ma’qul kelmoq.

6. kechirmoq: 1)o‘z hayotida ko‘rdi 2)ma’lum bir muddat fikrladi

7. nishabini o‘ziga og‘dirmoq: kim kimning foydani, tushumni o‘z tomoniga qaratmoq.

8. omonatini topshirmoq: jon taslim qilmoq, olamdan o‘tmoq; o‘lmoq.

9. qora po‘stakdan burga qidirmoq: kim Bajarilishi qiyin, mahol bo‘lgan ishga kirishmoq, hal bo‘lmaydigan ishga behuda vaqt sarflamoq.

10. quloqni qomatga keltirmoq: hayratlanmoq, e’tibor bilan eshitmoq, yoki diqqat bilan kuzatmoq

11. ta’ziya bildirmoq: Marhumning yaqin kishilariga, odatda, ta’ziya kunlari ayti-ladigan so‘zlar bilan hamdardlik bildirmoq, tasalli bermoq

12. tahorat sindirmoq: yozilmoq, bo‘shalmoq; hojatga bormoq.

13. tikan ustida o‘tirmoq: ayn. igna ustida o‘tirmoq q. igna

14. tunni tongga ulamoq yoki tong ottirmoq: Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar nag‘masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngilga allaqanday yupanch izlardi.

15. tuproqqa topshirmoq: Dafn etmoq

16. yo‘ldan ozdirmoq: yomon yo‘lga boshladi aynitdi

17. yuz o‘girmoq: 1)boshini burib qaradi 2)qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi 3)aloqani uzdi

18. yuzini teskari o‘girmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi

19. zarar keltirmoq: zararli bo‘lib chiqdi

20. zavqini keltirmoq: Kayfiyatini yaxshilamoq, ruhini ko‘tarmoq

1. Gavdalantirmoq – xayol surmoq – hukm chiqarmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvurning natijasiga ko‘ra))

2. Ingramoq – singramoq – inchkirmoq -yig‘lamoq -siqtamoq – o‘kirmoq – ho‘ng-ho‘ng yig‘lamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakat belgisining keng yoki tor ifodalanishiga ko‘ra)

3. Mujimoq – g‘ajimoq – kemirmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oshib borishiga)

4. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

5. Ogohlantirmoq – tanbeh bermoq – jazolamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor darajada ifodalashiga ko‘ra)

6. Oqmoq – ayqirmoq – hayqirmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini ifodalash kuchining ortiq-kamligiga ko‘ra)

7. Shipshitmoq – shivirlamoq – pichirlamok – gapirmoq – qichqirmoq – baqirmoq – o‘kirmoq – hayqirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

8. Tamomlamoq – tugatmoq – sop qilmoq – bitirmoq – ado qilmoq – yo‘qotmoq – yo‘q qilmoq – quritmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

9. Urmoq – kaltaklamoq – do‘pposlamoq – savamoq – solmoq – tushirmoq – so‘qmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

10. Yemoq – tanovul qilmoq – iste’mol qilmoq – totmoq – olmoq – tushirmoq – urmoq – xam qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

11. Yopmoq – o‘ramoq – chirmamoq – berkitmoq – yashirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.