Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {irjay} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ir-jay-moq
Izoh(lar)i:
irjay fl

1. Ovoz chiqarmay, lablarni yoyib, yoqimsiz kulumsiramoq; irshaymoq, tirjaymoq. Muncha irjayasan? Fosih afandi bo‘lsa qora duldul ustida kuydirgan kalladay irjayib o‘tirar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: jilmaymoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Jilmaymoq – kulimsiramoq – iljaymoq – irjaymoq – tirjaymoq – ishshaymoq – irshaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kulish harakatidagi salbiylik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.