1. etn. Biror maqsad, niyat bilan qilingan xurofiy tadbir (masalan, to‘ydan yaxshi niyat bilan biror narsa olib ketish; dard-baloni qaytarish, ziyon-zahmatdan, ko‘z tegishdan saqlash uchun biror narsani boshdan o‘girib tashlash va boshqalar).
Ona-bola darvozadan chiqayotganda esa, irimini qilib, qo‘lidagi oyna ustiga obdastadan suv yugurtirib, Latofat bilan kelini ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha qarab qoldi.
S. Karomatov, Hijron
Eski irimlardan qutulib ketmagan ba’zi bo‘ltaklar xodaning ustiga isiriq bog‘lab qo‘yadilar.
A. Qodiriy, Obid ketmon