1. 1. Pilla qurti chiqargan juda ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan muloyim tola va undan yigirilgan ip.
Xom ipak. Pishitilgan ipak.
▬
Ipak tolalari sifatini yanada yaxshilash borasida olib borilgan izlanishlar ijobiy yakunlandi.
Gazetadan
Adolat qopchig‘ini ochdi. Unda angishvonadan tortib, ip, ipaklargacha bor edi.
I. Rahim, Chin muhabbat
2. 2. Shunday iplardan to‘qilgan mato, shoyi va undan tikilgan kiyim yoki buyum.
Ipak gilam. Ipak ro‘mol.
▬
Zaynab ham tamom ipaklarga ko‘milib yasangan, kecha erga tekkan yangi kelinlar suratiga kirgan edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. ko‘chma hma Muloyim, nozik.
Botirali xotinining qalin ipak sochini silab gapirdi.
H. G‘ulom, Mash’al