Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {intil} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: in-til-moq
Izoh(lar)i:
intil fl

1. 1. Biror narsaga, kimsaga yoki tomonga otilmoq, tashlanmoq, harakat qilmoq. Juvon Shoxni ushlagani ikki-uch intilib, ushlay olmadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Asqar ota ko‘ziga yuvoshroq ko‘ringan bir otni sinamoqchi bo‘lib mingan edi, ot anhorga intildi. A. Qahhor, Xotinlar

2. 2. Maqsad yo‘lida, unga erishish, amalga oshirish uchun harakat qilmoq. Ilm-ma’rifatga intilmoq. Intilganga tole yor. U xuddi singlisining qotilini endi topganday, titrab-qaqshab, qasosga intilardi. Shuhrat,Shinelli yillar
Sherali vaziyatni yumshatishga intildi. S. Karomatov, Oltin qum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: urinmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Urinmoq – harakat qilmoq – intilmoq – tirishmoq – unnamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.