Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {intilish}
So‘z bo‘g‘inlari: in-ti-lish
Izoh(lar)i:
intilish fl

1. 1. Intilmoq fe’lining harakat nomi Hayotni bilish va undan o‘zining loyiq o‘rnini topishga intilish — har bir kishining umidi. Shuhrat, Shinelli yillar

2. 2. Maqsad, biror narsaga erishish yo‘lidagi harakat. Millatparvar kishilar barcha adovatlarni, mansab uchun bo‘lgan intilishlarni bir chetga surib qo‘yib, yangi rahbar atrofiga birlashadilar E. Yusupov, Istiqlol yo‘lida
Birinchi muvaffaqiyatsizlikdayoq o‘z maqsadi, intilishlaridan voz kechgan kishi haqiqiy ziyoli emas, u hech vaqt haqiqiy odam bo‘la olmaydi. E. Yusupov, Istiqlol yo‘lida

3. 3. Moyillik sezgisi; mayl (ishq, sevgi haqida). Qiz Sirojni sevadimi, yo‘qmi —o‘zi ham bilmas edi. Ammo ko‘nglida Sirojga intilish sezib yurardi. F. Musajonov, Huri
Adolat o‘ziga narigi mahalladagi Sulton-hoji boyning sovchi qo‘ydirayotganini sezib qolgandi. Bu narsa Adolatning Usmonjonga bo‘lgan intilishini kuchaytirib yubordi. S. Zunnunova, Gulxan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.