Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {insoniy}
So‘z bo‘g‘inlari: in-so-niy
Izoh(lar)i:
insoniy sf

1. 1. Insonga, odamga xos. Yuksak insoniy fazilatlar. Insoniy burch. Sizning mollaringizga qaragan, hech qachon insoniy hurmat ko‘rmagan, balki so‘kishingizni eshitib, kaltagingizni yegan, cheksiz xo‘rlangan bir insonni bilaman. P. Tursun, O‘qituvchi
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillarining niyati buyuk bobolarimizdan qolgan ulug‘vor insoniy g‘oyalar va ma’naviy qadriyatlar atrofida birlashib, buyuk kelajakni yaratishga o‘z ulushini qo‘shishdir. Gazetadan

2. 2. Insonparvar, odamparvar. Bizning qonunlarimiz jahonda eng odil va insoniydir.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.