1. Adolat va vijdon bilan ish tutish tuyg‘usi, ishda, kishilarga munosabatda halollik, to‘g‘rilik. Man kuchimni, terimni to‘kay, foydasini soyaparvar boylar ko‘rsin, man ikki qo‘limni burnimga tiqib qolaveray! Qani insof! Oybek, Tanlangan asarlar keksa Hosimbekni kamarga joylab, o‘zi [Bobur] ko‘pchilik navkarlar qatori yalanglikda, qor bo‘roni tagida o‘ltirgani Sultonning insof va diyonat tuyg‘usini uyg‘ota boshladi. Tafakkur
1. insof bermoq: insofga keltirmoq, insofli qilmoq
1. Insofli – vijdonli – adolatli Bo‘yog‘iga ko‘ra (ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)
2. Vijdonsiz – noinsof – yaramas – muttaham Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)