Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {inon} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: i-non-moq
Izoh(lar)i:
inon fl

1. 1. Ishonch hosil etmoq, ishonmoq. Birinchi qarashdayoq kutgan ishning to‘g‘riligiga inondi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Ishonch bilan qaramoq, ishonchli munosabatda bo‘lmoq. Nima, sen shu ulug‘ zotlarga inonmaysanmi? M. Osim, Karvon yo‘larida
Jamila, qo‘y yig‘lama, xato qildim, yupatish o‘rniga seni xafa qildim. Senga inonaman. Hamza, Boy ila xizmatchi
O‘rta hollarga inongan odam pand yeydi. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.