«O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» – o‘zbek tilidagi ma’nodosh so‘zlarni o‘z ichiga jamlagan filologik lug‘at turi. Bu lug‘atning yorqin namunasi sifatida A.Hojiyevning 1974- yilda nashr etilgan lug‘atini ko‘rsatish mumkin.
Lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xarakterli bo‘lgan sinonimik qatorlarni o‘z ichiga olgan. Unga leksik va grammatik sinonimlar kiritilgan. Lug‘at so‘zlari sinonimik qatordagi bosh so‘zga ko‘ra tartiblangan.