Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {inkor}
So‘z bo‘g‘inlari: in-kor
Izoh(lar)i:
inkor ot

1. Tan olmaslik, qabul yoki tasdiq etmaslik; rad. Bunda inkorni inkor qilish yangi tajribaviy dalillar asosida bo‘ladi va u ba’zan katta davrni talab qiladi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Tasdiq-inkor shakllariodatda gap kesimiga aloqador,harakatning yuz berish/yuz bermasligini bildirish shakli. Kesim tasdiq yoki inkor shaklda bo‘lishi shart.

Tasdiq quyidagicha ifodalanadi:

1) nol shakl orqali –O‘qiyman. Keldim;

2) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining har ikki qismiga inkor qo‘shimchasini qo‘shish orqali (aytmay qo‘yma, yozmay turma, kelmay qolmayman);

3) faqat ohang yordamida (kinoya) –Bormaysan-a, bormaysan!

Inkor esa quyidagi shakllar yordamida hosil qilinadi:

1) -ma eng ko‘p qo‘llanadigan shakl: o‘qi –o‘qima, keldi –kelmadi, borgan –bormagan, yuryapti –yurmayapti, to‘xtabdi –to‘xtamabdi kabi. U -mas, -may, -maslik ko‘rinishiga ham ega: aytmas (so‘z), aytmay, aytmaslik;

2) emas fe’l-kesimdagi -gan/kan/qan va -moqchi qo‘shimchasidan va ismdan keyin kelib, bo‘lishsiz shaklni hosil qiladi: kelgan – kelgan emas, borganman – borgan emasman, o‘qimoqchisan – o‘qimoqchi emassan.

3) yo‘q modal so‘zi gan/kan/qan va yotgan/ayotgan qo‘shimchali fe’lning kesimdagi bo‘lishsiz shaklini vujudga keltiradi. Bunda egalik shakli ham qo‘shiladi: Borgani yo‘q. Aytayotganim yo‘q;

4) na inkor yuklamasi yordamida ham ifodalanadi: Bugun na o‘qidim, na yozdim.

5) faqat ohang (kinoya, piching asosida) orqali ham voqelanadi: Borasan-a, borasan! Borib bo‘libsan!

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik va tasdiq-inkorni farqlash kerak. Fe’l kesimdan boshqa vazifada kelganda bo‘lishli-bo‘lishsizlikka ega bo‘ladi: o‘qigan bola – o‘qimagan bola kabi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik faqat kesimdan boshqa vazifadagi fe’lga, fe’lga, tasdiq-inkor kesim vazifasidagi barcha mustaqil so‘z turkumiga xos.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.