1. 1. Marvarid, dur.
To‘y oqshomi inju taqqan yetim qiz, Majnuntolning marjonida bulduriq.
G‘. G‘ulom
Ko‘zlaridan oqqan tomchilar quyoshda injuday yonadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. ko‘chma hma Injuga nisbatlangan narsa.
Do‘stimdir lojuvard, shaldiroq suvlar — mening yuragimga oqqan injular.
J. Kamol
Javohirga, injuga to‘lmish Oltin chanoq — oltin ko‘zalar.
Uyg‘un.
3. tar. Chingizxon xonadoni a’zolariga tegishli yer-suv; keyinchalik shohlar, amirlar, xonlar xonadoni a’zolariga tegishli yer-suv.