1. achasini uch qo‘rg‘ondan ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi
2. achchig‘i burnining uchida: bekorga, sal narsaga jahli qistayveradigan odam haqida
3. achchig‘i burnining ustida: bekorga, sal narsaga jahli qistayveradigan odam haqida
4. adabini bermoq: qilmishiga yarasha jazoladi
5. adovat urug‘ini sochmoq: ig‘vo tarqatmoq, gijgijlamoq, bir-biriga tezlamoq.
6. aksini topmoq: 1.silliq, yarqiroq sathda (tasviri) ko‘rinmoq 2.qaytmoq (mas., aks sado haqida); 3.ko‘rinmoq, namoyon bo‘lmoq (ichki his-tuyg‘u, kayfiyat va sh.k. haqida) 4.o‘z ifodasini topmoq
7. aqlini tanidi: es-hushli bo‘ldi
8. aqlini yedi: miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi
9. aql-u hushini yo‘qotdi: o‘z harakatlarini boshqara olmaydigan darajaga yetdi
10. arpasini xom o‘rdi: nima yomonlik qildi
11. avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi: barcha kirdikorlarini ochib tashladi
12. azmoyishini olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.
13. bag‘rini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.
14. barmog‘ini bigiz qildi: niqtab ko‘rsatdi
15. barmog‘ini tishladi: 1) hech narsa qilolmay, natijaga erisholmay qoldi 2)afsuslandi
16. baxtini bog‘lamoq: baxtsiz qilmoq, baxtiga to‘siq bo‘lmoq.
17. berdisini aytguncha urib o‘ldirmoq: gapirib bo‘lguncha kutmay (chidamay) biror narsa dedi
18. berdisini aytmoq: oxirini gapirdi
19. bir boshini ikkita qildi: oilali qildi
20. bo‘ynini xam qildi: itoatli bo‘ldi
21. bosgan yerini quritmoq: borgan yerida hech narsa qoldirmay yuq qilmoq, yeb-ichib, talab bitirmoq.
22. boshini achitdi: me’yoriy fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi
23. boshini bukdi: uyat-nomusdan bosh ko‘tarolmaydigan holatga tushirdi
24. boshini ko‘tardi: yotib qolgan xastalikdan keyin sog‘aya boshladi
25. boshini og‘ritdi: 1) o‘yladi 2) miyasini charchatdi
26. boshini olib ketdi: butunlay tashlab ketdi
27. boshini qayoqqa urishini bilmadi: ilojini topa olmadi
28. boshini xam qildi: uyat-nomusdan boshini ko‘tarolmaydigan holatga tushirdi
29. boshini yedi: yo‘q qildi, halok qildi
30. boshlarini bir joyga qovushtirdi: 1) hamjihat bo‘lib birlashtirdi 2) oila qurdirdi
31. burnini suqmoq: 1) kirmoq 2) aralashmoq
32. burnini tiqmoq: aralashmoq
33. burnini yerga ishqadi: qattiq jazoladi
34. chehrasini ochdi: 1)xafachiligining tarqaganini ko‘rsatdi
35. chigilini yozdi: 1) xafachiligini tarqatdi 2) charchog‘ini tarqatdi
36. damini bosdi: ta’sir kuchini qaytardi, yo‘qotdi
37. damini ichiga yutdi: hech qanday tovush chiqarmaydi
38. damini kesdi I: gapirtirmadi
39. damini kesdi II: ta’sir kuchini qaytardi, yo‘qotdi
40. dastasini o‘zidan chiqarmoq: sopini o‘zidan chiqarmoq q. Sop. kim nimani Yonidan mablag‘ yoki kuch sarf qilmay, boshqalar hisobiga ish bitirmoq.
41. do‘ppisini osmonga otdi: juda xursand bo‘ldi
42. do‘ppisini yarimta qilib: g‘am emasdan, shod- xurram bo‘di
43. dumini tugdi: qaytmas qilib haydadi
44. es- hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi
45. es- hushini olib qochdi: xayolini o‘ziga tortibolib qoldi
46. es- hushini yo‘qotdi: 1) behush bo‘ldi 2) esankiradi
47. es-hushini yig‘di: 1)parishonlikdan qutuldi 2)o‘ylab ish tutadigan bo‘ldi
48. esini tanidi: go‘daklik davridan chiqib, ongli hayot yo‘liga kirdi
49. esini yedi: miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi
50. etagini o‘pmoq: mute bo‘lmoq, aytganini qiladigan holda bo‘ysunmoq.
51. etini yedi: ruhan azoblandi, ezildi
52. g‘amini yedi: 1) g‘amxo‘rlik qildi 2)ilgaridan o‘ylab, hozirlik qilib qo‘ydi
53. gapini ikkita qilmaslik: aytgani bajarildi
54. gunohini yuvmoq: O‘zini oqlab, ayb, gunoh, kamchiliklardan forig‘ bo‘lmoq. Ezgu ish, yaxshilik, ibratli xatti-harakat va sh.k. bilan o‘zini oqlamoq; gunohidan xoli bo‘ladigan ish qilmoq
55. hayrat barmog‘ini tishlamoq: nihoyat darajada hayron bo‘lmoq; hayratda qolmoq.
56. hojatini ravo qilmoq: kim kimning Hojatini chiqarmoq, tilagini amalga oshirmoq.
57. hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi
58. hushini yo‘qotdi: 1) behush bo‘ldi 2) esankiradi
59. ich-etini yedi: ruhan azoblandi, ezildi
60. ichini bir nima tataladi: yashirin holda ruhan bezovtalandi, tashvishlandi
61. ichini it tirnadi: yashirin holda ruhan bezovtalandi, tashvishlandi
62. ichini kemirdi: yashirin holda ruhan bezovtalandi
63. ichini mushuk tataladi: yashirin holda ruhan bezovtalandi, tashvishlandi
64. ichini qizitdi: qiziqish uyg‘otdi
65. Ikki oyog‘ini bir etikka suqdi: o‘z ishining amalga oshishini qaysarlik bilan talab qildi
66. Ikki oyog‘ini bir etikka tiqdi: juda qiyin ahvolga tushdi
67. Ikki oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi
68. Ikki qo‘lini burniga tiqdi: quruqdan- quruq, evaziga hech narsa ololmay
69. Ikki qo‘lini og‘ziga tiqdi: hovliqib, lozim bo‘lganidan ko‘ra ortiqroq narsani ro‘yobga chiqarish uchun intildi
70. ilon yog‘ini yalagan: juda ayyor, mug‘ambir, quv
71. ilon yog‘ini yegan: juda ayyor, mug‘ambir, quv
72. iltimosini qaytardi: rad javobini berdi
73. issiq o‘rnini sovitmoq: mavjud qulay, yaxshi sharoit imkoniyatidan, joyidan kechmoq, uni tashlamoq.
74. jahlini keltirdi: achchiqlandi
75. javobini berdi I: 1)javobli ish tutdi 2)qondirdi 3)javobgarlikni o‘z ustiga oldi 4) «ketish»ga ruxsat berdi
76. javobini berdi II: 1) haydab yubordi 2) er-xotinlik holatini bekor qilishga rozilik berdi
77. jazosini berdi: qilmishiga yarasha jazoladi
78. jini suymaydi, jini sevmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi
79. jiniga yoqmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi
80. jonidan umidini uzdi: o‘lishga iqror bo‘ldi
81. jonini berdi: har qanday og‘ir shartni, talabni bajarishga tayyor bo‘ldi
82. jonini chiqardi: nihoyatda qattiq g‘azablandi, darg‘azab bo‘ldi
83. jonini fido qildi: o‘zini qurbon qilishga ham tayyor bo‘ldi
84. jonini ham ayamadi: 1) biror maqsad yo‘lida o‘lishga ham tayyor bo‘ldi 2) bisotida bor hamma narsasini berishga tayyor bo‘ldi
85. jonini hovuchlab: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda
86. jonini jabborga berdi: bor kuchini safarbar qildi
87. jonini kaftiga olib: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda
88. jonini kuydirib: mashaqqatni o‘z oldiga olgan holda, tirishib
89. jonini oldi: 1)o‘ldirdi 2)ruhan juda qattiq ezib yubordi 3) jismonan juda qattiq ezib yubordi
90. jonini tikdi: butun kuch va imkoniyati, hatto hayotini bag‘ishladi
91. jonining boricha: kuch -quvvati yetganicha, tirishib
92. kalavasining uchini topdi: jumboqni hal qilish yo‘lini topdi
93. kalavasining uchini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi
94. kampiragini uchirdi: qattiq cho‘chish bilan qo‘rqdi
95. kavushini to‘g‘irlab qo‘ydi: haydab yubordi
96. kekirdagini cho‘zdi: 1)shovqin solib, dabdabali qilib gapirdi 2) o‘dag‘ayladi
97. ko‘ksini qalqon qilmoq: jonini ham ayamay qo‘riqlamoq, ko‘ksini tutib himoya qilmoq, daf etmoq.
98. ko‘ksini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.
99. ko‘nglini bo‘lmaslik: har xil o‘y-xayollarga borib, o‘zini o‘zi xafa qilmaslik
100. ko‘nglini buzmaslik: har xil o‘y-xayollarga borib, o‘zini o‘zi xafa qilmaslik
101. ko‘nglini cho‘ktirdi: ruhsizlantirdi
102. ko‘nglini ezdi: ruhan azoblandi
103. ko‘nglini g‘ashladi: tashvish qildirdi
104. ko‘nglini joyiga tushirdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi
105. ko‘nglini ko‘tardi: ruhlantirdi
106. ko‘nglini o‘stirdi: ruhlantirdi
107. ko‘nglini ochdi I: xafachiligini tarqatib, xursand qildi
108. ko‘nglini ochdi II: ichidagi istak yoki dardini aytdi
109. ko‘nglini og‘ritdi: ranjitdi
110. ko‘nglini oldi: xursand qilish bilan o‘ziga
111. ko‘nglini ovladi: o‘ziga moyil qilish uchun intildi
112. ko‘nglini qoldirdi: avvalgi yaxshi munosabati o‘rniga xush ko‘rmaslik hissi uyg‘otdi
113. ko‘nglini qora qildi: juda xafa qildi
114. ko‘nglini so‘radi: boshiga xafachilik, musibat tushgan kishiga hamdardlik bildirib hol-ahvolini so‘radi
115. ko‘nglini sovitdi: avvalgi yaxshi munosabati yo‘q bo‘ldi
116. ko‘nglini to‘q qildi: o‘ta xotirjam bo‘ldi
117. ko‘nglini to‘q tutdi: o‘ta xotirjam bo‘ldi
118. ko‘nglini tog‘day ko‘tardi: xursand qilib benihoya ruhlantirdi
119. ko‘nglini topdi: istak -xohishiga mos tushadigan harakatlar qilish bilan o‘ziga moyil qildi
120. ko‘nglini uzdi: yuragiga yaqin, intilgan kishisidan yoki narsasidan ajralishga qaror qildi
121. ko‘nglini xira qildi: bezovta, notinch bo‘ldi
122. ko‘nglini yordi: ichidagi istak yoki dardini aytdi
123. ko‘nglini yorishtirdi: ko‘nglidagi g‘ashlikni tarqatdi
124. ko‘nglini yozdi: xafachiligini tarqatdi
125. ko‘nglini yumshatdi: rahmdilligi uyg‘otdi
126. ko‘nglining bir chekkasi g‘ash: tashvishli, bezovta, notinch
127. ko‘nglining bir chekkasi xira: tashvishli, bezovta, notinch
128. ko‘nglining bo‘shligi: ko‘ngilchan, rahmdil ekanligi
129. ko‘z qirini tashladi: tez va sezilar- sezilmas qaradi
130. ko‘zi qinidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi
131. ko‘zi qinidan chiqmoq: ko‘zi olayib ketmoq, ko‘zi ola-kula bo‘lmoq.
132. ko‘ziga ko‘rinib ketdi: birdaniga xotirasida gavdalandi
133. ko‘zini bildi: ustalik bilan bajara oldi
134. ko‘zini bo‘yadi: aldadi, laqillatdi
135. ko‘zini chirt yumib: tavakkal qilib
136. ko‘zini o‘ynatdi: ko‘z-ko‘z qilganligi tufayli havasi keldi
137. ko‘zini ochdi: hushyor qildi, yaxshi-yomonni tushunadigan qildi
138. ko‘zini oldi: qarashni to‘xtatdi
139. ko‘zini olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik
140. ko‘zini pishitdi: anchagina o‘rganib, tajribasini orttirdi
141. ko‘zini qamashtirdi: 1) nur aks etib, ko‘zi hech narsani ko‘rmaydigan bo‘ldi 2)go‘zalligiga mahliyo bo‘ldi
142. ko‘zini shira bosdi: takabburlandi, tanib tanimaganga oldi
143. ko‘zini tikdi: 1) tikilib qaradi 2) umidvor bo‘lib qaradi
144. ko‘zini to‘rt qildi: intizor
145. ko‘zini uzmaslik: muttasil qarash
146. ko‘zini uzmay: muttasil (qaradi)
147. ko‘zini yog‘ bosdi: takabburlandi, tanib tanimaganga oldi
148. ko‘zini yugurtirdi: tez va yuzaki qaradi
149. ko‘zining ochiqligida: barhayotligida
150. ko‘zining oqu qorasi: yakka-yu yagona va qadr-qiymati biqiyos yuksak
151. ko‘zining paxtasi chiqdi: g‘azabi ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi
152. ko‘zining paxtasi chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi
153. ko‘zining qirini tashladi: tez va sezilar- sezilmas qaradi
154. ko‘zining qorachig‘i: yakka-yu yagona va qadr-qiymati beqiyos yuksak
155. ko‘zining tirikligida: barhayotligida
156. ko‘zining yog‘ini yedi: o‘zini kimgadir yaqin ko‘rsatib, uning xayrixohligidan o‘z manfaati yo‘lida foydalandi
157. kunini ko‘radi: tirikchilik qiladi, tirikchilik o‘tkazadi
158. kunini o‘tkazdi: 1)vaqtini o‘tkazdi 2)tirikchiligini qildi
159. kuragini yerga tegizmoq: kurashda, bellashuvda yengmoq, g‘alaba qilmoq.
160. labini tishladi: kutilmagan hodisaga duch kelib, nima deyishini bilmay qoldi
161. miyasini achitdi: me’yoriy fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi
162. miyasini qoqib, qo‘liga berdi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi
163. miyasini qotirdi: astoydil o‘yladi, chuqur fikrladi
164. miyasini yedi: miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi
165. mushugini «pisht» demaydi: hech qanday ozor etkazmaydi
166. nafasini ichiga oldi: hech qanday tovush chiqarmaydi
167. nafasini ichiga yutdi: hech qanday tovush chiqarmaydi
168. nishabini o‘ziga og‘dirmoq: kim kimning foydani, tushumni o‘z tomoniga qaratmoq.
169. nishabini o‘ziga to‘g‘irlamoq: kim kimning foydani, tushumni o‘z tomoniga qaratmoq.
170. nonini tuya qildi: aldab-suldab haqini o‘zlashtirdi
171. o‘pkasini bosolmaydi: o‘zini yig‘lashdan saqlab qololmaydi
172. o‘takasini yordi: qattiq cho‘chitib qo‘rqitdi
173. o‘zini bosmoq: O‘zini tutmoq, tiymoq
174. o‘zini oynaga solmoq: kim O‘z holatini ko‘zguda ko‘rmoq.
175. o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi: 1)kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi 2)bekorchilikdan zerikib toqatsizlandi 3)sevichdan kuchli hayajonlandi
176. o‘zini qayoqqa urishini bilmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi
177. o‘zini qo‘lga oldi: o‘z xatti–harakatlarini irodasiga bo‘ysundirdi
178. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi
179. o‘zini tag‘ofilga solmoq: Ko‘rib ko‘rmaslikka, bilib bilmaslikka olmoq.
180. o‘zini yo‘qotib qo‘ydi: gangib qoldi
181. o‘z–o‘zini yeb qo‘ydi: ichki ruhiy azoblanish natijasida ozib–to‘zib ketdi
182. obro‘yini ko‘tardi: yana ham e’tiborli qildi
183. obro‘yini oshirdi: yana ham e’tiborli bo‘ldi
184. obro‘yini to‘kdi: nufuziga zarba etkazdi
185. obro‘yini tushirdi: nufuziga zarba yetkazdi
186. odobini berdi: qilmishiga yarasha jazoladi
187. og‘izini juftladi: gapirishga hozirlandi
188. og‘izini ko‘pirtirdi: ko‘p va maqtanib gapirdi
189. og‘zing qani desa qulog‘ini ko‘rsatadi: o‘taketgan noshud, merov, anqov
190. og‘zini ochdi: 1)angraydi 2) gap boshladi
191. og‘zini poyladi: 1) tingladi, nima deyishini diqqat bilan kutdi 2) o‘z bilganicha ish qilmay, kimningdir ko‘rsatmasini kutdi
192. og‘zini poyladi: biror fikrni o‘zicha aytishini kutdi
193. og‘zini tiymoq: 1. biror narsa deyishdan, gapdan o‘zini tutmoq, gapirishdan to‘xtamoq, og‘ziga erk bermaslik. 2. gapirtirmay qo‘ymoq, gapirishdan to‘xtatmoq, gapirmaslikka majbur qilmoq.
194. og‘zini yumdi: gapirishini to‘xtatdi
195. og‘zining tanobi qochdi: behad sevindi, xursandligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaydi
196. oldini oldi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi
197. oldini oldi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi
198. omonatini topshirmoq: jon taslim qilmoq, olamdan o‘tmoq; o‘lmoq.
199. onasini ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi
200. onasini uch qo‘rg‘ondan ko‘rsatdi: do‘q qildi, qo‘rqitdi, adabini berdi
201. oralarini buzdi: o‘zaro munosabatini yomonlashtirdi
202. oyog‘ini bir etikka suqdi: o‘z ishining amalga oshishini qaysarlik bilan talab qildi
203. oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi
204. oyog‘ini yerga tiradi: qaysarlik qildi
205. payini qirqdi: mavqeidan mahrum etadigan zarba etkazdi
206. pinagini buzmaslik: o‘ziga qartilgan gap yoki harakatga bila-ko‘ra turib e’tibor qilmaslik, o‘zini go‘yo hech narsa bilmagandek tutish
207. pixini yorgan: o‘taketgan uddaburon, quv
208. po‘stagini qoqdi: ayovsiz tanqid qildi
209. puch yong‘oq bilan qo‘ynini to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi
210. qalbini ochdi: ichidagi istak yoki dardini aytdi
211. qalovini topmoq: 1.to‘g‘ri qalamoq; 2.ko‘chma yo‘lini, ilojini topmoq; ishning ko‘zini bilib ish tutmoq.
212. qo‘lini bigiz qildi: niqtab ko‘rsatdi
213. qo‘lini burniga tiqib: quruqdan-quruq, evaziga hech narsa ololmay
214. qo‘lini ko‘tardi: taslim bo‘lganini bildirdi
215. qo‘lini sovuq suvga urmaydi: qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaydi
216. qo‘lini yuvib, qo‘ltig‘iga urdi: ixlosi qaytib, ishonmay qo‘ydi
217. qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi
218. qorasini ko‘rsatmaydi: kimningdir ko‘ziga hech ko‘rinmaydi
219. qoshini kermoq: 1.qoshini ko‘tarmoq; 2.taajjublanib qaramoq.
220. quloq–miyasini yedi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi
221. rahmini keltirdi: ayash, achinish hissini uyg‘otdi
222. ruhini ko‘tardi: ruhiy tushkunlikdan qutqardi
223. sarkalavasini yo‘qotdi: qilib turgan ishini bilmay qoldi, gangidi
224. sazasini o‘ldirmaslik: gapi e’tiborsiz qolsa, xafa bo‘lmasin deb aytganini bajardi
225. sevinchini yuragiga sig‘dirolmaslik: xursandchiligi oshib-toshib ketdi
226. sichqonning ini ming tanga bo‘ldi: qochib qutulgani joy topilmay qoldi
227. so‘zini berdi: ahd-u paymon qildi
228. so‘zini bermaslik: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmaslik, o‘z bilganicha ish tutdi 3) bahslashuvdayutib chiqishga qodir bo‘ldi
229. so‘zini ikki qilmaslik: aytgani bajarildi
230. so‘zini qaytardi: rad javobini berdi
231. ta’zirini berdi: yengil-yelpi jazoladi
232. ta’zirini bermoq: Adabini bermoq, tavbasiga tayantirmoq
233. ta’zirini yedi: qilmishiga yarasha jazo oldi
234. ta’zirini yemoq: Jazosini tortmoq, adabini yemoq, tavbasiga tayanmoq
235. tabiatini xira qildi: kayfiyati yomonlashdi, xafa bo‘ldi
236. tarafini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi
237. tashvishini qilmoq: biror narsa taraddudida, harakatida bo‘lmoq, o‘ylamoq.
238. tatig‘ini bermoq: jazosini, adabini, ta’zirini bermoq.
239. tatig‘ini yemoq: 1.jazosini tortmoq, adabini, ta’zirini yemoq. 2.mazasini, lazzatini totmoq.
240. taxirini chiqarmoq: sharmanda qilmoq, izza qilmoq; pachavasini chiqarmoq.
241. teri to‘nini ters kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi
242. tilini qisdi: gapirmaslikka, e’tiroz bildirmaslikka majbur qildi
243. tilini tishladi: o‘zini gapirmaslikka majbur qildi
244. tilini tiymoq: 1. biror narsa deyishdan, gapdan o‘zini tutmoq, gapirishdan to‘xtamoq, og‘ziga erk bermaslik. 2. gapirtirmay qo‘ymoq, gapirishdan to‘xtatmoq, gapirmaslikka majbur qilmoq.
245. tirnog‘ini o‘stirmaslik: Birovning biri ikki bo‘lishiga, o‘nglanishiga, boyishiga yo‘l qo‘ymaslik
246. tishini tishiga qo‘ydi: butun his-tuyg‘usini iroda kuchi bilan yengib chidadi
247. tishining kavagida saqlamoq: lekin bir iloj qilib tishimda saqlayman uni.
248. tishining oqini ko‘rsatdi: tirjayib, ishshayib qaradi
249. titig‘ini chiqarmoq: Qattiq kaltaklamoq, dabdala qilmoq
250. to‘nini teskari kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi
251. tomog‘ini yog‘lamoq: Pora bermoq, pora o‘rnidagi narsa bilan siylamoq
252. tomonini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi
253. tumshug‘ini suqdi: 1) kirdi 2) aralashdi
254. tumshug‘ini tiqdi: aralashdi
255. tuprog‘ini yalamoq: Ma’lum joy, hududda ko‘p yillar muqim bo‘lmoq
256. tuyani yutib, dumini ko‘rsatmaydi: hozir u tomog‘ining qurtini o‘ldirish uchun tuya bo‘lsa ham, dumini ko‘rsatmay yutib yuborishdan toymaydi.
257. umidini uzdi: ko‘nglidagi oxirgi ilinjini ham yo‘qotdi
258. xolvachining teshasiday: 1. qisqa, kalta. 2. chaqqon, epchil (kishi haqida)
259. yarasini yormoq: Dardini aytmoq, dilidagini oshkor qilmoq.
260. yelkasining chuquri ko‘rsin: yana qaytadan hech qachon ko‘rmasin
261. yetti nomusini yerga bukmoq: sharmanda qildi
262. yo‘lini bog‘lamoq: yo‘lini to‘smoq, oldiga ro‘para bo‘lmoq, to‘siq bo‘lmoq
263. yonini olmoq: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi
264. yoqasini ushladi: nihoyat darajada ajablandi
265. yostig‘ini quritmoq: butun oilasi bilan o‘ldirib yubordi
266. yuragi qinidan chiqayozmoq: 1)betoqat bo‘ldi 2)sevinchdan kuchli to‘lqinlandi
267. yuragini bo‘shatmoq: ichida yig‘ilib qolgan hasrat-nadomatini aytib, yig‘lab, ruhan yengillashib oldi
268. yuragini changallamoq: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda
269. yuragini ezmoq: ruhan azoblandi
270. yuragini hovuchlamoq: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda
271. yuragini ochmoq: ichidagi istak yoki dardini aytdi
272. yuragini olib qo‘ymoq: bezillatib qo‘ydi
273. yuragini siqmoq: ziq qildi
274. yuragini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.
275. yuragini tirnamoq: yashirin holda ruhan bezovta qildi
276. yuragini yormoq: qattiq cho‘chitib qo‘rqitdi / ichidagi istak yoki dardini aytdi
277. yuragini yozmoq: xafachiligini tarqatdi
278. yuragining bir chekkasi g‘ash bo‘lmoq: tashvishli , bezovta, notinch
279. yuragining chigili yozilmoq: xafachiligi tarqadi
280. yuzini ochib yubormoq: uyalmaydigan qildi
281. yuzini ters burmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi
282. yuzini teskari o‘girmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi
283. yuzini yerga qaratmoq: uyat–nomusdan bosh ko‘tara olmaydigan holatga tushdi
284. zahrini sochmoq: zug‘um qildi, g‘azab bilan achitib-achitib gapirdi
285. zavqini keltirmoq: Kayfiyatini yaxshilamoq, ruhini ko‘tarmoq
286. zuvalasini bir joydan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.
287. zuvalasini bir yerdan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.