Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ingliz}
So‘z bo‘g‘inlari: ing-liz
Izoh(lar)i:
ingliz ot

1. 1. Angliya tub aholisining nomi.

2. 2. Shu aholiga (xalqqa) mansub. Ingliz tili. Ingliz olimi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ingliz tili Hind-yevropa tillari oilasining g‘arbiy german tillari guruniga mansub. Ingliz tiliBMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi ko‘pgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda 400 milliondan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili b-n birga), Irlandiya (Irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va boshq.) da rasmiy davlat tili sifatida qo‘llaniladi.

Ingliz tilieramizdan avvalgi V–VI asrlarda qadimgi german qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan. Qadimgi ingliz tili(VII–XI asrlar) anglosaks deb atalgan va 4 shevaga ega bo‘lgan: nortumriy, mersiy , uessk va kent. IX–XI asrlarda uessk shevasi asosida adabiy ingliz tilishakllangan. XVI–XVII asrlarda yangi ingliz tilivujudga keldi.

Hozirgi ingliz tilio‘z hududiy shevalariga ega. Buyuk Britaniyada shotland shevasi, shimoliy; janubiy; markaziy shevalar guruhi, AQSHda sharqiy, o‘rta Atlantika (markaziy), jan, sharqiy, o‘rta, g‘arbiy shevalar guruhi mavjud. Boshqa german tillaridan analitik qurilish belgisi bilan farqlanadi. Grammatik munosabatlarni ifodalash yordamchi so‘zlar (artikl, yordamchi fe’llar, predloglar) va so‘z tartibi katta ahamiyatga ega. Ingliz tiliboshqa tillar (lotin, fransuz, italyan, ispan va boshq.) dan 70 % ga yaqin so‘z olgan. Ingliztilining amerikacha variantini Buyuk Britaniya variantidan shu bilan izohlash mumkinki, Shimoliy Amerikaga dastlab ko‘chib kelganlar (1607) London va uning atrofidan, keyingilar esa Shimoliy Britaniya va Irlandiyadan kelishgan. AQSH tilida Britaniyadagi singari aniq farqlangan shevalar yo‘q. Ingliz tilining amerikacha va Buyuk Britaniya variantlari o‘rtasidagi farq leksikada va ma’lum darajada fonetikada namoyon bo‘ladi. Grammatikasidagi farq sezilarli emas. Ingliz tilining Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va Hindiston variantlari xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Ingliz tiliyozuvi lotin alifbosida.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.