Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ingichka} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi ∈ Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: in-gich-ka-la-moq
Izoh(lar)i:
ingichka sf

1. Ko‘ndalang kesimi me’yordan kichik; zid. yo‘g‘on. Ingichka ip. Ingichka sim. Ingichka tolali paxta. Ingichka tolali jun. ▬ Sekretarning cho‘ziq va sotma yuzi ham, ingichka sariq qoshi ham nam edi. X. To‘xtaboyev, Shonli avlod

2. Chiyildoq, o‘tkir (tovush haqida). Uning ingichka tovushi menga tanishday tuyuldi. ▬ Qiziqchi ingichka, quloqni teshadigan darajada qattiq dodlaganidan hamma kulib yubordi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

3. ko‘chma hma Nozik ifodali, nozik. [Yormat] Qo‘lini allaqanday chuqur, ingichka ma’no bilan bo‘shang silkidi. Oybek,Tanlangan asarlar
Bu chuchmal adovat bilan ingichka tabiatli Anvarning ne kayfiyatga tushishini tasavvur qilolmas edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: yo‘g‘on
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.