Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ingichka}
So‘z bo‘g‘inlari: in-gich-ka
Izoh(lar)i:
ingichka sf

1. 1. Ko‘ndalang kesimi me’yordan kichik; zid. yo‘g‘on. Ingichka ip. Ingichka sim. Ingichka tolali paxta. Ingichka tolali jun. Sekretarning cho‘ziq va sotma yuzi ham, ingichka sariq qoshi ham nam edi. X. To‘xtaboyev, Shonli avlod

2. 2. Chiyildoq, o‘tkir (tovush haqida). Uning ingichka tovushi menga tanishday tuyuldi. Qiziqchi ingichka, quloqni teshadigan darajada qattiq dodlaganidan hamma kulib yubordi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

3. ko‘chma hma Nozik ifodali, nozik. [Yormat] Qo‘lini allaqanday chuqur, ingichka ma’no bilan bo‘shang silkidi. Oybek,Tanlangan asarlar
Bu chuchmal adovat bilan ingichka tabiatli Anvarning ne kayfiyatga tushishini tasavvur qilolmas edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: yo‘g‘on
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.