1. 1. O‘quv muassasalarida talabalarning o‘quv dasturlarida belgilangan bilimni qanchalik o‘zlashtirganligini tekshirish, so‘rab, sinab ko‘rish va baholash.
Institutga kirish imtihoni. Imtihon komissiyasi. Imtihon bermoq (topshirmoq). Imtihon olmoq.
▬
Bir tomonda yozgi imtihonlar ham yaqinlashib qolibdi.
S. Zunnunova, Yangi direktor
Aziza qishki imtihonlarni topshirib, rayonga qaytishi bilan ishga tushib ketdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2. 2. Umuman, sinov, tekshirish.
Bu savol o‘ziga ishonarli javob talab qilish bilan birga, asrlar bo‘yi targ‘ib va tatbiq qilib kelinayotgan bir asos mantiqiga imtihon ham edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Zo‘r jasorat bilan hujum boshlagan azamatlar tabiatning dahshatli kuchi — bo‘ron usti-dan g‘olib keldilar va qiyin imtihondan sharaf bilan o‘tdilar.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli.