1. Yashash yoki boshqa maqsad uchun maxsus qurilgan uy, bino.
Imorat solmoq. G‘isht imorat. Temir-beton imorat.
▬
Zebixon Adolatni aylana qilib solingan katta oq imoratning bir xonasiga boshlab kirdi.
S. Zunnunova, Gulxan
Bironta imorat yo‘q. Stansiyaning idorasi, pochta va telegraf ikkita ko‘k vagonga joylashgan.
A. Qahhor, Oltin yulduz
Ko‘ch boyning qo‘rg‘onidan nariroqda, pastgina devor bilan aylantirilgan, butun imorati birgina ayvonchadan iborat bo‘lgan qo‘rg‘onchaga tushirildi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ularda [turkmanlarda] imorat-bino yo‘q edi, hammasi o‘tov tikib o‘tirishar edi.
Usmon baxshi Mamat o‘g‘li, Bo‘tako‘z