Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {imonsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: i-mon-siz
Izoh(lar)i:
imonsiz sf

1. din. in. Xudoga ishonch-e’tiqodi yo‘q, xudodan, dindan qaytgan; dahriy.

2. 2. Vijdoni yo‘q, nopok. Men bu imonsiz cholning uddaburonligidan hayronman. A. Xakimov, Ilon izidan
Buning otasi Maxmud Mirzo bag‘oyat imonsiz, buzuq odam edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

3. 3. Shunday odamga nisbatli haqoratni bildiradi; vijdonsiz, diyonatsiz. — Hoy, imonsiz chol, Mirzaxaydar akani nega qo‘shasan? — dedi kimdir orqadan. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.