Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {imon}
So‘z bo‘g‘inlari: i-mon
Izoh(lar)i:
imon ot

1. din. in. Xudoga bo‘lgan ishonch, e’tiqod; ko‘ngilda ishonish va tilda iqror qilish. Imoniga, diniga mustahkam pokiza odam bor joydan ajina yuz chaqirim nariga qocharmish. S. Ahmad, Hukm
Vatanni sevmoq ham, ilm o‘rganish ham, kattalarni hurmat qilish ham, tozalik ham imondandir. Gazetadan
Masalan, Payg‘ambarimizdan rivoyat qilinadiki, Imon oltmishdan ziyod shu’balardan — tushunchalardan tashkil topgan, hayo esa o‘shalarning biridir. Gazetadan

2. 2. Umuman, ishonch. Mufti o‘z ixtiyoridagi turli vositalar orqali Mirzoni tekshirib ko‘rdi. Uning sof millatchi muhojir ekaniga imon hosil qildi. A. Hakimov, Ilon izidan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. imoni komil: mutlaqo ishonadi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.