1. Aljimoq – aljiramoq – valdiramoq – sannamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)
2. Aynimoq – achinmoq – biqsimoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining tor-kengligiga ko‘ra)
3. Daydimoq – sanqimoq – sandiroqlamoq – tentiramoq – laqillamoq – salanglamoq – sakillamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)
4. Doimo – ba’zan – hech qachon
Ma’nosiga ko‘ra
(mavjud va mavjud emasligiga ko‘ra)
5. G‘ijimoq – kavshamoq – oshalamoq – yemoq – tanovul qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)
6. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)
7. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)
8. Hadiksiramoq – cho‘chimoq – qo‘rqmoq – vahimaga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)
9. Ilimoq – isimoq – qaynamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zgarish holatiga ko‘ra)
10. Iltimos – iltijo – o‘tinch – zor – tavallo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)
11. Iltimos qilmoq – yalinmoq – yolvormoq – o‘tinmoq.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)
12. Isimoq – sovimoq – muzlamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(haroratning pasayib borishiga ko‘ra)
13. Kekkaygan – gerdaygan – kerilgan – dimog‘dor – kalondimog‘ – kerik – manman – takabbur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli bo‘lishiga ko‘ra)
14. Ko‘zi ilinmoq – mudramoq – mizg‘imoq – uxlamoq – dong qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(jismoniy holatning bo‘yoqdorligiga ko‘ra)
15. Koyimoq – po‘pisa qilmoq – do‘q urmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)
16. Mujimoq – g‘ajimoq – kemirmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oshib borishiga)
17. O‘qimoq – mutolaa qilmoq – yod olmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra)
18. Qimirlamoq – siljimoq – sudralmoq – emaklamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning tezligiga ko‘ra)
19. Ranjimoq – diqqat bo‘lmoq – xunob bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)
20. So‘ramoq – iltimos qilmoq – yalinmoq – o‘tinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)
21. Tanimoq – bilmoq – anglamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)