1. 1. Biror ish, maqsad, talab va shu kabilarni amalga oshirish, yuzaga chiqarish, bajarish uchun zarur yoki qulay shart-sharoit; imkoniyat.
Elmurod Ergashni qidirsa, so‘rab surishtirsa topardi, ammo bunga imkon qani?
P. Tursun, O‘qituvchi
Hozir to‘ppa-to‘g‘ri jo‘nash uchun hech qanday imkon yo‘q. Gulnor horigan, kiyimi yo‘q.
Oybek, Qutlug‘ qon
2. 2. Chora-iloj, mumkinchilik.
Izlagay imkon topadi.
Gazetadan
hozir bilay-chi, balki telefonini tuzatish imkoni bordir.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli