Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ilon}
So‘z bo‘g‘inlari: i-lon
Izoh(lar)i:
ilon ot

1. Sudralib yuruvchi, oyoqsiz, tanasi ingichka va uzun, ko‘zlari shaffof qovoqlar bilan qoplangan jonivor. Bo‘g‘ma ilon. Zaharli ilon. Zaharsiz ilon. Ko‘zoynakli ilon. Oq ilon. Suv ilon(i). Qora ilon. ▬ Ilon chaqqan ola arqondan qo‘rqar. Maqol

2. Muchal yil hisobida oltinchi yil nomi; mor.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ilon po‘st tashlamoq: -

2. ilon po‘st tashlaydi: chiday olmaydi, toqat qilib tura olmaydi

3. ilon po‘st tashlaydigan: chiday olmaydigan, toqat qilib tura olmaydigan

4. ilon yog‘ini yalagan: juda ayyor, mug‘ambir, quv

5. ilon yog‘ini yegan: juda ayyor, mug‘ambir, quv

6. ilonning yog‘ini yalamoq: -

7. ilonning yog‘ini yemoq: -

8. yer ostida ilon qimirlasa, bilmoq: -

9. yer ostida ilon qimirlasa, sezmoq: -

10. yer tagida ilon qimirlaganini bilmoq: -

11. yer tagida ilon qimirlasa biladi: nihoyatda ziyrak, sezgir

12. yer tagida ilon qimirlasa, bilmoq: -

13. yer tagida ilon qimirlasa, sezmoq: -

14. yerning tagida ilon qimirlaganini bilmoq: -

15. yerning tagida ilon qimirlasa bilmoq: -

1. Ilonning yog‘ini yalagan – shaytonga dars bergan.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlikning kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.