Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ilojsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: i-loj-siz
Izoh(lar)i:
ilojsiz sf

1. Iloj-imkoni yo‘q; chora, tadbir topib bo‘lmaydigan; nochor. Ilojsiz ahvol. Ilojsiz qolmoq. Inson ilojsiz bir qiyinchilikka duch kelganda, har tomondan o‘zini yupatish yo‘lini axtaradi. S. Ayniy, Esdaliklar
U aholi yashaydigan qay bir punktni, qay bir shaharchani mo‘ljallab, unga to‘g‘ri yo‘l boshlamasin, bir ozdan keyin ilojsiz to‘xtardi. Oybek, Quyosh qoraymas
Chunki oila masalalarini to‘l-to‘kis qamrab olishning o‘zi ilojsiz. Tafakkur

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: noiloj [f-t+a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Noiloj – nochor – ilojsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.