Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iloj}
So‘z bo‘g‘inlari: i-loj
Izoh(lar)i:
iloj ot

1. Amalga oshirish, bajarish, qilish imkoni; chora. Buning iloji bormi? Kelmasang, iloji yo‘q. Bir iloj topmoq. Iloj boricha harakat qilmoq. — Oyimni borib ko‘rib, iloji bo‘lsa, o‘zimiz bilan birga bu yerga olib kelamiz, — dedi Botirali. H. G‘ulom, Mash’al
Elmurod Gulsum bilan juda ko‘p gaplashgisi kelar, lekin hech ilojini topolmas edi. P. Tursun, O‘qituvchi
Buning iloji oson-ku A. Qahhor, Og‘riq tiplar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Noiloj – nochor – ilojsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.