Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ilmsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: ilm-siz
Izoh(lar)i:
ilmsiz sf

1. 1. Ilmi, ma’lumoti yo‘q; o‘qimagan, nodon. Ilmsizga ish yo‘q, bilimsizga — osh. Maqol
Garchi Anvarga xolis qiymat bermoqchi bo‘lganida ham, buni Safar kabi ilmsiz, nodon bir kishiga tushuntirmoq uchun qanday hojat bor edi!? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. 2. Ilm-fan yordamisiz, ilmga asoslanmagan (tayanmagan) holda. Ilmsiz tajriba — boshi berk ko‘cha. Maqol
Ilmsiz, ma’rifatsiz yangi turmush qurib bo‘lmaydi, albatta. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: bilimli , ilmli , o‘qigan
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.