1. afsus qilmoq: pushaymon bo‘lmoq, afsuslanmoq
2. afv qilmoq: kechirmoq, uzrni qabul qilmoq, gunohidan o‘tmoq
3. amr qilmoq: buyruq bermoq, buyurmoq
4. armon qilmoq: amalga oshmagan orzu-niyatdan afsuslanmoq
5. arra qilmoq: teng bo‘lishib olmoq
6. arsh qilmoq: Kayf-safo qilmoq, aysh-ishrat qilmoq.
7. asar qilmoq: 1.ta’sirini o‘tkazmoq. 2.ta’sir qilmoq
8. ayb qilmoq: 1.Ayb sodir etmoq, aybli ish qilmoq. 2.Huq. Qonunga xilof xatti-harakat; jinoyatga tortishning zarur sharti 3 Kishi uyalganidan, xijolat tortadigan xatti-harakat; uyatli ish, uyat
9. ayuhannos qilmoq: Baqiriq-chaqiriq, dod-faryod bilan boshiga ko‘tarmoq.
10. azavozlik qilmoq: Ortiqcha (bekorga) yig‘i-sig‘i qilmoq, ko‘z yoshi to‘kmoq
11. azimat qilmoq: jazm qilmoq
12. azm qilmoq: 1.qaror qilmoq, otlanmoq 2.jazm qilmoq, botinmoq.
13. bag‘ri teshilmoq: bag‘ri qon bo‘lmoq, qattiq g‘am yoki azob chekmoq.
14. bandalik qilmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq
15. baxti ochilmoq: baxtiyor hayotga, xushnud onlarga erishmoq; baxtli, baxtiyor bo‘lmoq
16. begona qilmoq: 1.o‘zidan uzoqlashtirmoq, yot kishilar qatoriga o‘tkazmoq; 2.ko‘chma chetga ketkizmoq. birovning qo‘liga, ixtiyoriga o‘tkazib yubormoq
17. behush qilmoq: 1.hushidan ketkizmoq, uxlatib qo‘ymoq (mas, dori berib) 2.ko‘chma es-hushini olib qo‘ymoq; boshini aylantirmoq
18. bekor qilmoq: 1.amal-vazifadan tushmoq; ishdan bo‘shamoq; 2.kuchini yo‘qotmoq 3.yaramaydigan, arzimaydigan, foydasiz bo‘lib qolmoq
19. bilarmonlik qilmoq: o‘zini bilimdon fahmlab ish tutmoq, bilar-bilmas ish| qilmoq, gapga aralashib ketmoq
20. bo‘yniga osilmoq: birovga xiralik qilib yopishib olmoq.
21. chalpak qilmoq: Ikkala qo‘l va oyog‘idan ushlab cho‘ziltirib ko‘tarmoq.
22. chaparasta qilmoq: Ostin-ustin qilmoq, astar-paxtasini chiqarmoq.
23. chaqa qilmoq: Sotmoq, pullamoq.
24. da’vat qilmoq: biror ishga, marosimga chaqirmoq, taklif qilmoq
25. darxon qilmoq: muayyan ish, mansab yoki jismoniy mehnatdan ozod qilmoq; bo‘shatmoq
26. dastmoyasidan ayrilmoq: 1.sinmoq, bankrotlikka uchramoq. 2.bisotdagi, peshonadagi bor-yo‘q narsa.
27. ermak qilmoq: 1.ermak uchun biror narsa bilan mashg‘ul bo‘lmoq 2.masxara qilmoq, ustidan kulmoq, kulgi qilmoq
28. etagi ochilmoq: siri ochilmoq, biror aybi, kamchiligi ma’lum bo‘lib qolmoq
29. gapi, so‘zi bo‘g‘ziga tiqilmoq: Muayyan sharoit, ruhiy holat ta’sirida o‘z fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq/ Biror sabab bilan so‘zlayotgan vaqtida to‘xtab qolmoq; gapi uzilmoq
30. gapni kalta qilmoq: gapni cho‘zmaslik.
31. gina qilmoq: biror kishiga nisbatan dilda xafalik, kek saqlamoq; ko‘ngildagi xafalikni izhor qilmoq.
32. gumon qilmoq: 1.shubha qilmoq, shubhalanmoq 2.taxmin qilmoq, ..deb o‘ylamoq
33. hafsala qilmoq: hafsala bilan kirishmoq, diqqat, e’tibor qaratmoq.
34. hojatini ravo qilmoq: kim kimning Hojatini chiqarmoq, tilagini amalga oshirmoq.
35. idora qilmoq: 1.boshqarmoq, rahbarlik qilmoq 2.bosh bo‘lib, belgili tartibda olib bormoq; amalga oshirmoq
36. iftixor qilmoq: faxrlanmoq
37. ig‘vo qilmoq: orada ig‘voli gap-so‘z yuritmoq (qo‘zg‘amoq).
38. iltijo qilmoq: yolvorib (sig‘inib) so‘ramoq
39. in’om qilmoq: tortiq, sovg‘a va sh.k. bermoq..
40. isloh qilmoq: o‘zgartish kiritmoq, yangilamoq
41. istihola qilmoq: shunday hisni tuymoq.
42. ixtiyor qilmoq: xohlamoq
43. jon taslim qilmoq: jon bermoq. joni uzilmoq; o‘lmoq.
44. ko‘ksini qalqon qilmoq: jonini ham ayamay qo‘riqlamoq, ko‘ksini tutib himoya qilmoq, daf etmoq.
45. maftun qilmoq: ishq-sevgi, zavq-havas tuyg‘usi bilan o‘ziga jalb etmoq, mahliyo qilmoq.
46. mo‘ljal qilmoq: mo‘ljallamoq
47. mot qilmoq: 1.mot holatga tushmoq; yutqizmoq. 2.munozara, bahs va sh.k. bellashuvlarda yengilmoq, mulzam holatga tushmoq
48. muhayyo qilmoq: tayyor holga keltirmoq.
49. murosa qilmoq: kelishuvli yo‘l tutmoq, murosa yo‘lini tutmoq
50. nafasi halqumiga tiqilmoq.: nafas olishi og‘irlashmoq (ma’lum sabab ta’sirida).
51. nafasi tiqilmoq: nafas olishi og‘irlashmoq (ma’lum sabab ta’sirida).
52. nasha qilmoq: kimga nima Qattiq ta’sir etmoq, taajjubga solmoq; ayil botmoq.
53. ochlik e’lon qilmoq: kim siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy norozilik belgisi sifatida ovqat yeyishdan bosh tortmoq.
54. og‘ziga tikilmoq: Gap kutmoq (suhbatdoshidan, qarshisidagi kimsadan).
55. oyog‘i tovsilmoq: odamlar keldi-ketdisi, yo‘ldagi harakati siyraklashmoq, kamaymoq.
56. qitday-qitday qilmoq: spirtli ichimlik ichmoq.
57. qiyg‘ir qarash qilmoq: o‘qrayib qaramoq.
58. ta’lif qilmoq: 1.asar yozmoq; 2.bosh-qaning asarini tahrir qilmoq.
59. ta’min qilmoq: 1.kerakli narsalarni yetkazib bermoq, ta’minlamoq. 2.biror narsaning amalga oshishi, ro‘yobga chiqishi, muhayyo bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratmoq. 3.qoniqtirmoq, qanoatlantirmoq; kifoya qilmoq, yetarli bo‘lmoq.
60. ta’mir qilmoq: ta’mir ishlarini amalga oshirmoq, ta’mir bilan butunlamoq, yaroqli holga keltirmoq.
61. ta’na qilmoq: ta’na tarzidagi gap-so‘z aytmoq. Xasis deb ta’na qilmoq.
62. ta’qib qilmoq: 1.ko‘zdan o‘t-kazmoq, kuzatmoq. 2.ko‘z-quloq bo‘lib kuzatmoq, nazoratda tutmoq. 3.izidan tushmoq, ketidan harakat qilmoq, quvmoq.
63. ta’rif qilmoq: ta’rifini, tavsifini bermoq, keltirmoq.
64. ta’sis qilmoq: 1.joriy qilmoq, belgilamoq. 2.tashkil qilmoq, vujudga keltirmoq.
65. ta’zim qilmoq: Ta’zim bildirmoq, ta’zim bajo keltirmoq (ta’zim har ikkala ma’nosida)
66. tahammul qilmoq: 1.bardosh bermoq, chidamoq. sabr-toqat qilmoq; sabr-toqat bilan kutmoq. 2.kifoyalanmoq.
67. tahqir qilmoq: haqorat bo‘-luvchi, xo‘rlik keltiruvchi gap-so‘z aytmoq, ish qilmoq.
68. tahrir qilmoq: tahrirdan o‘tkazmoq.
69. tahsil qilmoq: mutolaa qil-moq, mustaqil ravishda o‘qimoq, o‘rganmoq; bilim olmoq.
70. taqal qilmoq: biror ishni bajarishga darrov kirishmay, o‘ylanib qolmoq, kechiktirmoq; ketga surmoq, galga solmoq; bahona qilmoq.
71. taqdim qilmoq: 1.tavsiya etmoq, taklif qilmoq. 2.tortiq, sovg‘a sifatida bermoq, tortiq (xadya) qilmoq.
72. taqdir qilmoq: 1.nasib qilmoq, nasib etmoq, buyurmoq. 2.munosib baholamoq, takdirlamoq.
73. taqlid qilmoq: 1.o‘xshatma ovoz, harakat va sh.k. ni bajarmoq, qilmoq. 2.faoliyat, ijod va sh.k. da o‘zgalarga ergashmoq, taqlidan ish olib bormoq, harakat qilmoq.
74. taqozo qilmoq: shunday bo‘lishini talab qilmoq, ko‘rsatmoq.
75. taqsim qilmoq: 1.qismlarga, ulushlarga bo‘lmoq, ajratmoq; 2.mat. bo‘lish amalini bajarmoq, bo‘lmoq.
76. targ‘ib qilmoq: 1.chuqur tushuntirish yo‘li bilan biror g‘oya, ta’limot va sh.k. ni yoymoq. kishilarning ongiga singdirmoq; shunga undamoq. 2.tushuntirish yo‘li bilan biror ishga chaqirmoq. da’vat etmoq.
77. tasarruf qilmoq: egalik qilmoq.
78. tasavvur qilmoq: 1.xayolda tiklamoq, gavdalantirmoq. 2.idrok qilmoq.
79. tasdiq qilmoq: tasdiqlamoq.
80. tashkil qilmoq: 1.uyushtirmoq, tuzmoq, yaratmoq. 2.tarkibiy qismga kirib, butunlik yuzaga keltirmoq.
81. tashviq qilmoq: 1.tashviq ishini olib bormoq. 2.undamoq, da’vat qilmoq.
82. tashvishini qilmoq: biror narsa taraddudida, harakatida bo‘lmoq, o‘ylamoq.
83. taslim qilmoq: 1.dushman yoki raqib ustidan g‘olib kelmoq; yengmoq. 2.bellashuv, bahs kabilarda ustun kelmoq, mag‘lub qilmoq, yengmoq.
84. tasnif qilmoq: ma’lum belgi -xususiyatlari asosida tur, turkumlarga ajratmoq, tur, turkumlarini belgilamoq.
85. tatbiq qilmoq: ishlatmoq, qo‘llamoq, ishga solmoq.
86. taxdid qilmoq: taxdidli xatti-harakat qilmoq, do‘q-po‘pisa qilmoq.
87. taxmin qilmoq: ..deb o‘ylamoq, faraz qilmoq, o‘ylamoq.
88. taxt qilmoq: tayyor, muhayyo holga keltirmoq.
89. taxtdan yiqilmoq: ko‘chma s. t. vazifasidan, amalidan tushmoq, bekor bo‘lmoq
90. tegajaklik qilmoq: Hazil-huzul bilan, o‘ynashib tegishmoq
91. tegirmon qilmoq: Donni tegirmonda un qilmoq
92. tirikchilik qilmoq: Hayot o‘tkazmoq, kun kechirmoq; yashamoq
93. to‘tiyo qilmoq: To‘tiyodek ko‘zga surtmoq, e’zozlamoq
94. to‘zon qilmoq: Vayron-tolqon qilmoq, chang-to‘zonga aylantirmoq
95. toat qilmoq: Xudoga sig‘inmoq
96. tumtaraqay qilmoq: Har tomonga tartibsiz ravishda qochishga majbur etmoq, to‘zitmoq
97. tuproq bilan teng qilmoq: 1. yer bilan yakson qilmoq, vayron qilmoq. 2. xor qilmoq, poymol, oyog‘osti qilmoq
98. udda qilmoq: mayli, ishni ham, o‘qishni ham udda qilaman desang, boraver.
99. umr qilmoq: Er-xotin bo‘lib yashamoq
100. vahshat qilmoq: Dahshat, qo‘rqinch solmoq, shunday holat qo‘zg‘atmoq
101. yakson qilmoq: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi
102. yodidan ko‘tarilmoq: unutdi
103. yovvoyi qarash qilmoq: Jahl bilan qaramoq
104. yuragi ezilmoq: ruhan azoblandi
105. yuragi tutday to‘kilmoq: Intizorlikda iztirob chekmoq, dili besaranjom bo‘lmoq.
106. yuragining chigili yozilmoq: xafachiligi tarqadi
107. yurak-bag‘ri ezilmoq: ruhan azoblandi