Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ilm}
So‘z bo‘g‘inlari: ilm
Izoh(lar)i:
ilm ot

1. 1. O‘qish-o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot. Ilm darajasi. Ilm olish huquqi. Ilm dargohi. Shariat ilmi. Dunyoviy ilmlar. Jamolboy aka, dini islomni qo‘ldan bermasdan zamon ilmlarini o‘qilsa, zarar qilmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Domlamiz bizga bunday ilmlarni o‘qitmaganlar. M. Osim, Ibn Sino qissasi
Kashfiyotsiz ilm bo‘lmaganidek, ilm ham kashfiyotsiz nafas ololmaydi. Saodat
Olim ilmi bilan hurmat topur, hofiz xush ovozi bilan odamlarning dilini xush qilur I. Rahim, Chin muhabbat

2. 2. Ish-faoliyatning ilm bilan bog‘liq sohasi; tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tizimi; fan. Ish va hunar. Ilm va ma’rifat. Ilm va san’at. Yangi maktablar ochib, Qur’oni karim va boshqa darslar bilan birga jug‘rofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham ta’lim beraylik. Oybek, Tanlangan asarlar.

3. 3. Ish-faoliyatning ma’lum bir sohasiga oid bilim, ta’limot, malaka. Islim barlos — sodda, dilovar, ov va qush ilmining piri. Oybek, Navoiy
Bog‘dorchilik ilmini bilar ekan. S. Zunnunova, Yangi direktor
Harb. ilmida hamma yo‘l bekilganda, jangchi uchun o‘limdan boshqa chora qolmagandagina o‘zini o‘zi halok qiladi, deyiladi. S. Ahmad, Hukm

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi (harakat tarzi shakli)o‘zi birikkan fe’lning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan nomustaqil fe’l bilan mustaqil fe’lning qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan shakl: ketib qolmoq (kutilmaganda), berib turmoq (vaqtincha), kutib turmoq (davomli harakat). Bundagi ikkinchi fe’llar ko‘makchi fe’l, vaqtincha o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Ma’nosi bir oz o‘zgarayotgan fe’l yetakchi fe’l, yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvi esa ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi deyiladi. Ko‘makchi fe’l lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadek vazifa bajaradi. Shu sababli yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvidan tashkil topgan bunday analitik shakl fe’lning harakat tarzi lug‘aviy shakli ham deb yuritiladi. Mas., Salim kitobni o‘qib chiqdi gapida chiqdi fe’li “tashqarida bo‘lmoq” lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gapdagi o‘qib yetakchi fe’lining ma’nosini o‘zgartirish, ya’ni undan anglashilgan harakatning tugallanganligini ifodalash uchun xizmat qilmoqda.

Yetakchi fe’l va ko‘makchi fe’l uch xil birikadi: 1) ravishdoshning -(i)b shakli orqali: o‘qib turdi, aytib qoldi; 2) ravishdoshning -a/y shakli orqali: yura boshladi, so‘ray qol; 3) juftlashish orqali: yozib oldim – yozdim-oldim, tugatib qo‘yding – tugatding-qo‘yding, to‘xtab qoldi –to‘xtadi-qoldi.

Bu uch vosita barcha yetakchi va ko‘makchi fe’lni hosil qilavermaydi: yozdi-boshladi, ayta soldiko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi me’yoriy emas. Me’yoriy: yoza/yozib boshladi, aytib soldi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta ham sof ko‘makchi fe’l yo‘q. 30 dan ortiq (darsliklarda 25 ta, ba’zan 27 ta) mustaqil fe’l ko‘makchi fe’l vazifasida kela oladi: ber(ver), bil, bit(bitir), bor, boshla, boq, bo‘l, yet, yoz, yot, kel, ket, ko‘r, ol, sol, tashla, tur, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qol, qo‘y;

25 ta ko‘makchi fe’l (yoz va boshla so‘zidan boshqasi) yetakchi fe’lga ravishdoshning -(i)b shakli yordamida birika oladi:

 

O‘qib

berdi

bo‘ldi

ko‘rdi

(yoqib) tushdi

o‘tdi

bildi

(anglab) yetdi

oldi

chiqdi

o‘tirdi

bitirdi

yotdi

(aytib) soldi

yubordi

qaradi

bordi

keldi

tashladi

yurdi

qoldi

boqdi

ketdi

turdi

o‘ldi

qo‘ydi

 

11 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning -a/y (sol ko‘makchi fe’li faqat -aravishdosh shakli bilan: ayta solib) shakli bilan birika oladi:

 

1) ber/ver (yoza berdi)

5) yoz (yiqila yozdi)

9) sol (kela solib)

2) bil (topa bildi)

6) ket (gapira ketdi)

10) tur (yoza tur)

3) bor (o‘zgara bordi)

7) ko‘r (ayta ko‘rma)

11) qol (ayta qol)

4) boshla (yoza boshladi)

8) ol (unuta oldi)

 

 

Demak, 16 ta ko‘makchi fe’l -a/y shaklidagi ravishdosh qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi hosil qilolmaydi, ya’ni faqat -b/ib qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’lga birikadi: bit (bitir), boq, bo‘l, yet, yot, kel, tashla, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qo‘y.

9 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning har ikkala shaklini olgan fe’lga birika oladi: ber (aytib ber, ayta ber), bil (yozib biladi (shevada), yoza biladi), bor (o‘qib bordi, o‘qiy bordi), ket (isib ketdi, gapira ketdi), ko‘r (aytib ko‘r, ayta ko‘rma), ol (yozib ol, yoza ol), sol (to‘kib soldi, kela solib), tur (o‘qib tur, yoza tur), qol (tugab qoldi, ayta qol).

Ko‘makchi fe’llar ko‘pincha -(i)b shakli bilan boshqa, -a/y shakli bilan boshqa ma’no ifodalaydi: yozib oldi –yoza oldi, kelib qoldi –kela qoldi, aytib ko‘r –ayta ko‘rma, o‘qib berdi –o‘qiy berdi, qo‘ng‘iroq qilib tur –qo‘ng‘iroq qila tur. Ayrim holda ma’no mos keladi: og‘irlashib bordi –og‘irlasha bordi.

Ko‘makchi fe’l ifodalaydigan ma’no:

 

Shakl

Ma’nosi

Misol

-(i)b ber

harakat natijasining o‘zgaga yo‘nalishi

qo‘yib ber, bilib ber

-a/y ber

davomiylik

ko‘chaver, o‘ylayver

-a/y ol/bil

qodirlik

tuzata oldi, foydalana bil

-(i)b bit/bitir

to‘la bajarilish

yonib bitgan, ekib bitir

-i)b, -a/y bor/kel

harakatning davomiyligi

unutib bordi, o‘zgartira bor

-a/y boshla

boshlanish

yura boshla, o‘qiy boshla

-(i)b boq/ko‘r/qara

sinash

o‘qib boq, o‘ylab qara, yozib ko‘r

-(i)b bo‘l

to‘la bajarilish

yozib bo‘l, yuvib bo‘l, qazib bo‘l

-(i)b yet

to‘la bajarilish

anglab yetdi, pishib yetmagan

-a/y yoz

bajarilishga yaqinlik

qula yozdi, yorila yozdi

-(i)b yot/tur/o‘tir/yur

davomiylik

o‘qib yot, aytib tur, yozib o‘tir

-(i)b ket

to‘la, kuchli bajarilish; boshlash va davom etish

tarqab ketdi, isib ketdi, g‘ovlab ketdi, maqtab ketdi

-a/y ket

boshlash va davom etish

o‘qiy ketdi, gapira ketdi

-(i)b sol

to‘la-to‘kis bajarilish

aytib sol, yuragini to‘kib soldi.

-a sol

ketma-ketlik

ola solib ot, kela solib boshla, tura solib tashlan

-(i)b tashla/yubor

to‘la va tez yuzaga kelishi:

o‘qib tashla, to‘qib tashla, haydab yubor

-(i)b chiq

tugallash

o‘qib chiq, so‘rashib chiq, aylanib chiq

-(i)b tush

butunlay

ag‘darilib tushdi, yiqilib tushdi, yoqib tushdi, yarashib tushdi

-(i)b o‘l

yuqori darajada

davomiylik, takroriylik

mudrab o‘lyapman, surishtirib o‘ldi, sog‘inib o‘ldi, chanqab o‘ldi

-(i)b o‘t

tugallik,

alohida e’tibor

bo‘lib o‘tdi,gapirib o‘t

-(i)b qol

holatga aylanish

kutilmaganlik

davomiylik

tikilib qol, serrayib qoldi; kelib qoldi, so‘rab qol; jonlanib qoldi

-a/y qol

ruxsat, rozilik, istak

bora qol, yura qol, keta qol

-(i)b qo‘y

holatga aylanishi

davomiylik

bir marta bajarilish

suyab qo‘y, ilib qo‘y; o‘ylantirib qo‘y, shoshirib qo‘y;

qarab qo‘y, yo‘talib qo‘y

 

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qisqargan holda ishlatilishi va qo‘shib yozilishi mumkin:aytib yubor –aytvor, bora ber –boraver, unuta olmadi –unutolmadi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida ko‘makchi fe’l birdan ortiq bo‘lishi mumkin: aytib berib tura qol, aytib bera olmay qoldi. Bunda keyingi ko‘makchi fe’l uchun oldingi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi yetakchi fe’l bo‘ladi: Aytib (yetakchi fe’l) ber (ko‘makchi fe’l), aytib berib (yetakchi fe’l) tur (ko‘makchi fe’l). Bu ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ichida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi [fe’l+fe’l] tipidagi qo‘shma fe’l va [ravishdosh+fe’l] tipidagi so‘z birikmasiga o‘xshaydi. Farqi:

1) ko‘makchi fe’l olib tashlansa, yetakchi fe’l ma’nosi bir oz o‘zgaradi: yozib bordi –yozdi, isib ketdi –isidi; qo‘shma fe’ldagi yordamchi fe’l ma’noni butunlay o‘zgartiradi: sotib ol – sot; ishlab chiqardi – ishladi;

2) so‘z birikmasida birdan ortiq gap bo‘lagi mavjud: quvonib (hol) so‘zladi (kesim); ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi: o‘ylab qoldi (kesim).

Ravishdosh shaklidagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida nisbat va bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi yetakchi va ko‘makchi fe’lning birortasiga yoki har ikkalasiga qo‘shilishi mumkin: to‘xtatib qo‘yishdi; aytib qo‘yma, aytmay tur, aytmay turma; zamon, mayl, shaxs-son qo‘shimchasi esa ko‘makchi fe’lda bo‘ladi. Ikkala fe’l bir shaklda juftlashsa, sanalgan qo‘shimcha ikkalasida ham bo‘lishi mumkin: tamomlashdi-qo‘yishdi.     

Harakat tarzining qo‘shimcha bilan yasalgan ko‘rinishlari.O‘zbek tilida shunday shakllar borki, fe’llarga qo‘shilib, harakatning bajarilish tarzi – kuchli yoki kuchsiz darajasini bildiradi. Bu shakllar tasniflovchi lug‘aviy shakli hisoblanadi. Ular quyidagi:

1) harakatning kuchsiz darajasini bildiradi:

-msira/imsira:

yig‘lamsira, kulimsira

-qira/inqira:

ishonqira, oqarinqira, o‘chinqira

-sh/ish:

to‘lish, qizish, oqarish, to‘xtash (yuragi)

-q/iq/k/ik:

tutaq, toliq, junjik, ko‘nik

2)harakatning kuchli darajasini bildiradi:

-la/ala:

quvla/quvala, ishqala, savala, siypala, cho‘qila, chayqala, siltala, opichla

-qi/g‘i:

yulqi, sizg‘i, to‘zg‘i, bijg‘i

-chi:

tipirchila, tepchi, terchila

-a:

bur bura, quvon quvna, urin urna

-gila/kila/ qila/g‘ila:

yugurgila, titkila, tepkila, chopqilla, turtkila, tortqila, ezg‘ila, cho‘zg‘ila

-ga/ka/qa:

surga, surka, chayqa

 

1. afsus qilmoq: pushaymon bo‘lmoq, afsuslanmoq

2. afv qilmoq: kechirmoq, uzrni qabul qilmoq, gunohidan o‘tmoq

3. amr qilmoq: buyruq bermoq, buyurmoq

4. armon qilmoq: amalga oshmagan orzu-niyatdan afsuslanmoq

5. arra qilmoq: teng bo‘lishib olmoq

6. arsh qilmoq: Kayf-safo qilmoq, aysh-ishrat qilmoq.

7. asar qilmoq: 1.ta’sirini o‘tkazmoq. 2.ta’sir qilmoq

8. ayb qilmoq: 1.Ayb sodir etmoq, aybli ish qilmoq. 2.Huq. Qonunga xilof xatti-harakat; jinoyatga tortishning zarur sharti 3 Kishi uyalganidan, xijolat tortadigan xatti-harakat; uyatli ish, uyat

9. ayuhannos qilmoq: Baqiriq-chaqiriq, dod-faryod bilan boshiga ko‘tarmoq.

10. azavozlik qilmoq: Ortiqcha (bekorga) yig‘i-sig‘i qilmoq, ko‘z yoshi to‘kmoq

11. azimat qilmoq: jazm qilmoq

12. azm qilmoq: 1.qaror qilmoq, otlanmoq 2.jazm qilmoq, botinmoq.

13. bag‘ri teshilmoq: bag‘ri qon bo‘lmoq, qattiq g‘am yoki azob chekmoq.

14. bandalik qilmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq

15. baxti ochilmoq: baxtiyor hayotga, xushnud onlarga erishmoq; baxtli, baxtiyor bo‘lmoq

16. begona qilmoq: 1.o‘zidan uzoqlashtirmoq, yot kishilar qatoriga o‘tkazmoq; 2.ko‘chma chetga ketkizmoq. birovning qo‘liga, ixtiyoriga o‘tkazib yubormoq

17. behush qilmoq: 1.hushidan ketkizmoq, uxlatib qo‘ymoq (mas, dori berib) 2.ko‘chma es-hushini olib qo‘ymoq; boshini aylantirmoq

18. bekor qilmoq: 1.amal-vazifadan tushmoq; ishdan bo‘shamoq; 2.kuchini yo‘qotmoq 3.yaramaydigan, arzimaydigan, foydasiz bo‘lib qolmoq

19. bilarmonlik qilmoq: o‘zini bilimdon fahmlab ish tutmoq, bilar-bilmas ish| qilmoq, gapga aralashib ketmoq

20. bilmaslikka olmoq: o‘zini bexabardek qilib ko‘rsatmoq, bilmaganday bo‘lmoq, o‘zini bexabardek tutmoq.

21. bo‘yniga osilmoq: birovga xiralik qilib yopishib olmoq.

22. boshini qayoqqa urishini bilmadi: ilojini topa olmadi

23. chalpak qilmoq: Ikkala qo‘l va oyog‘idan ushlab cho‘ziltirib ko‘tarmoq.

24. chaparasta qilmoq: Ostin-ustin qilmoq, astar-paxtasini chiqarmoq.

25. chaqa qilmoq: Sotmoq, pullamoq.

26. da’vat qilmoq: biror ishga, marosimga chaqirmoq, taklif qilmoq

27. darxon qilmoq: muayyan ish, mansab yoki jismoniy mehnatdan ozod qilmoq; bo‘shatmoq

28. dastmoyasidan ayrilmoq: 1.sinmoq, bankrotlikka uchramoq. 2.bisotdagi, peshonadagi bor-yo‘q narsa.

29. ermak qilmoq: 1.ermak uchun biror narsa bilan mashg‘ul bo‘lmoq 2.masxara qilmoq, ustidan kulmoq, kulgi qilmoq

30. etagi ochilmoq: siri ochilmoq, biror aybi, kamchiligi ma’lum bo‘lib qolmoq

31. gapi, so‘zi bo‘g‘ziga tiqilmoq: Muayyan sharoit, ruhiy holat ta’sirida o‘z fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq/ Biror sabab bilan so‘zlayotgan vaqtida to‘xtab qolmoq; gapi uzilmoq

32. gapini ikkita qilmaslik: aytgani bajarildi

33. gapni kalta qilmoq: gapni cho‘zmaslik.

34. gina qilmoq: biror kishiga nisbatan dilda xafalik, kek saqlamoq; ko‘ngildagi xafalikni izhor qilmoq.

35. gumon qilmoq: 1.shubha qilmoq, shubhalanmoq 2.taxmin qilmoq, ..deb o‘ylamoq

36. hafsala qilmoq: hafsala bilan kirishmoq, diqqat, e’tibor qaratmoq.

37. hojatini ravo qilmoq: kim kimning Hojatini chiqarmoq, tilagini amalga oshirmoq.

38. idora qilmoq: 1.boshqarmoq, rahbarlik qilmoq 2.bosh bo‘lib, belgili tartibda olib bormoq; amalga oshirmoq

39. iftixor qilmoq: faxrlanmoq

40. ig‘vo qilmoq: orada ig‘voli gap-so‘z yuritmoq (qo‘zg‘amoq).

41. iltijo qilmoq: yolvorib (sig‘inib) so‘ramoq

42. in’om qilmoq: tortiq, sovg‘a va sh.k. bermoq..

43. isloh qilmoq: o‘zgartish kiritmoq, yangilamoq

44. istihola qilmoq: shunday hisni tuymoq.

45. ixtiyor qilmoq: xohlamoq

46. jon taslim qilmoq: jon bermoq. joni uzilmoq; o‘lmoq.

47. ko‘ksini qalqon qilmoq: jonini ham ayamay qo‘riqlamoq, ko‘ksini tutib himoya qilmoq, daf etmoq.

48. maftun qilmoq: ishq-sevgi, zavq-havas tuyg‘usi bilan o‘ziga jalb etmoq, mahliyo qilmoq.

49. mo‘ljal qilmoq: mo‘ljallamoq

50. mot qilmoq: 1.mot holatga tushmoq; yutqizmoq. 2.munozara, bahs va sh.k. bellashuvlarda yengilmoq, mulzam holatga tushmoq

51. muhayyo qilmoq: tayyor holga keltirmoq.

52. murosa qilmoq: kelishuvli yo‘l tutmoq, murosa yo‘lini tutmoq

53. nafasi halqumiga tiqilmoq.: nafas olishi og‘irlashmoq (ma’lum sabab ta’sirida).

54. nafasi tiqilmoq: nafas olishi og‘irlashmoq (ma’lum sabab ta’sirida).

55. nasha qilmoq: kimga nima Qattiq ta’sir etmoq, taajjubga solmoq; ayil botmoq.

56. nazarga ilmaslik: 1)mensimaslik, pisand qilmaslik 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaslik

57. nazarga ilmaydi: 1)mensimaydi, pisand qilmaydi 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaydi

58. o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi: 1)kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi 2)bekorchilikdan zerikib toqatsizlandi 3)sevichdan kuchli hayajonlandi

59. o‘zini qayoqqa urishini bilmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

60. ochlik e’lon qilmoq: kim siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy norozilik belgisi sifatida ovqat yeyishdan bosh tortmoq.

61. og‘ziga tikilmoq: Gap kutmoq (suhbatdoshidan, qarshisidagi kimsadan).

62. oyog‘i tovsilmoq: odamlar keldi-ketdisi, yo‘ldagi harakati siyraklashmoq, kamaymoq.

63. qitday-qitday qilmoq: spirtli ichimlik ichmoq.

64. qiyg‘ir qarash qilmoq: o‘qrayib qaramoq.

65. so‘zini ikki qilmaslik: aytgani bajarildi

66. ta’lif qilmoq: 1.asar yozmoq; 2.bosh-qaning asarini tahrir qilmoq.

67. ta’min qilmoq: 1.kerakli narsalarni yetkazib bermoq, ta’minlamoq. 2.biror narsaning amalga oshishi, ro‘yobga chiqishi, muhayyo bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratmoq. 3.qoniqtirmoq, qanoatlantirmoq; kifoya qilmoq, yetarli bo‘lmoq.

68. ta’mir qilmoq: ta’mir ishlarini amalga oshirmoq, ta’mir bilan butunlamoq, yaroqli holga keltirmoq.

69. ta’na qilmoq: ta’na tarzidagi gap-so‘z aytmoq. Xasis deb ta’na qilmoq.

70. ta’qib qilmoq: 1.ko‘zdan o‘t-kazmoq, kuzatmoq. 2.ko‘z-quloq bo‘lib kuzatmoq, nazoratda tutmoq. 3.izidan tushmoq, ketidan harakat qilmoq, quvmoq.

71. ta’rif qilmoq: ta’rifini, tavsifini bermoq, keltirmoq.

72. ta’sis qilmoq: 1.joriy qilmoq, belgilamoq. 2.tashkil qilmoq, vujudga keltirmoq.

73. ta’zim qilmoq: Ta’zim bildirmoq, ta’zim bajo keltirmoq (ta’zim har ikkala ma’nosida)

74. tahammul qilmoq: 1.bardosh bermoq, chidamoq. sabr-toqat qilmoq; sabr-toqat bilan kutmoq. 2.kifoyalanmoq.

75. tahqir qilmoq: haqorat bo‘-luvchi, xo‘rlik keltiruvchi gap-so‘z aytmoq, ish qilmoq.

76. tahrir qilmoq: tahrirdan o‘tkazmoq.

77. tahsil qilmoq: mutolaa qil-moq, mustaqil ravishda o‘qimoq, o‘rganmoq; bilim olmoq.

78. taqal qilmoq: biror ishni bajarishga darrov kirishmay, o‘ylanib qolmoq, kechiktirmoq; ketga surmoq, galga solmoq; bahona qilmoq.

79. taqdim qilmoq: 1.tavsiya etmoq, taklif qilmoq. 2.tortiq, sovg‘a sifatida bermoq, tortiq (xadya) qilmoq.

80. taqdir qilmoq: 1.nasib qilmoq, nasib etmoq, buyurmoq. 2.munosib baholamoq, takdirlamoq.

81. taqlid qilmoq: 1.o‘xshatma ovoz, harakat va sh.k. ni bajarmoq, qilmoq. 2.faoliyat, ijod va sh.k. da o‘zgalarga ergashmoq, taqlidan ish olib bormoq, harakat qilmoq.

82. taqozo qilmoq: shunday bo‘lishini talab qilmoq, ko‘rsatmoq.

83. taqsim qilmoq: 1.qismlarga, ulushlarga bo‘lmoq, ajratmoq; 2.mat. bo‘lish amalini bajarmoq, bo‘lmoq.

84. targ‘ib qilmoq: 1.chuqur tushuntirish yo‘li bilan biror g‘oya, ta’limot va sh.k. ni yoymoq. kishilarning ongiga singdirmoq; shunga undamoq. 2.tushuntirish yo‘li bilan biror ishga chaqirmoq. da’vat etmoq.

85. tasarruf qilmoq: egalik qilmoq.

86. tasavvur qilmoq: 1.xayolda tiklamoq, gavdalantirmoq. 2.idrok qilmoq.

87. tasdiq qilmoq: tasdiqlamoq.

88. tashkil qilmoq: 1.uyushtirmoq, tuzmoq, yaratmoq. 2.tarkibiy qismga kirib, butunlik yuzaga keltirmoq.

89. tashviq qilmoq: 1.tashviq ishini olib bormoq. 2.undamoq, da’vat qilmoq.

90. tashvishini qilmoq: biror narsa taraddudida, harakatida bo‘lmoq, o‘ylamoq.

91. taslim qilmoq: 1.dushman yoki raqib ustidan g‘olib kelmoq; yengmoq. 2.bellashuv, bahs kabilarda ustun kelmoq, mag‘lub qilmoq, yengmoq.

92. tasnif qilmoq: ma’lum belgi -xususiyatlari asosida tur, turkumlarga ajratmoq, tur, turkumlarini belgilamoq.

93. tatbiq qilmoq: ishlatmoq, qo‘llamoq, ishga solmoq.

94. taxdid qilmoq: taxdidli xatti-harakat qilmoq, do‘q-po‘pisa qilmoq.

95. taxmin qilmoq: ..deb o‘ylamoq, faraz qilmoq, o‘ylamoq.

96. taxt qilmoq: tayyor, muhayyo holga keltirmoq.

97. taxtdan yiqilmoq: ko‘chma s. t. vazifasidan, amalidan tushmoq, bekor bo‘lmoq

98. tegajaklik qilmoq: Hazil-huzul bilan, o‘ynashib tegishmoq

99. tegirmon qilmoq: Donni tegirmonda un qilmoq

100. tirikchilik qilmoq: Hayot o‘tkazmoq, kun kechirmoq; yashamoq

101. to‘tiyo qilmoq: To‘tiyodek ko‘zga surtmoq, e’zozlamoq

102. to‘zim bilmaydi: seni mangu chiqaverasan, To‘zim bilmas sendagi bardosh.

103. to‘zon qilmoq: Vayron-tolqon qilmoq, chang-to‘zonga aylantirmoq

104. toat qilmoq: Xudoga sig‘inmoq

105. tumtaraqay qilmoq: Har tomonga tartibsiz ravishda qochishga majbur etmoq, to‘zitmoq

106. tuproq bilan teng qilmoq: 1. yer bilan yakson qilmoq, vayron qilmoq. 2. xor qilmoq, poymol, oyog‘osti qilmoq

107. udda qilmoq: mayli, ishni ham, o‘qishni ham udda qilaman desang, boraver.

108. umr qilmoq: Er-xotin bo‘lib yashamoq

109. vahshat qilmoq: Dahshat, qo‘rqinch solmoq, shunday holat qo‘zg‘atmoq

110. yakson qilmoq: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

111. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi: nomus qilganidan o‘zini qayoqqa olib qochishni bilmadi

112. yodidan ko‘tarilmoq: unutdi

113. yovvoyi qarash qilmoq: Jahl bilan qaramoq

114. yuragi ezilmoq: ruhan azoblandi

115. yuragi tutday to‘kilmoq: Intizorlikda iztirob chekmoq, dili besaranjom bo‘lmoq.

116. yuragining chigili yozilmoq: xafachiligi tarqadi

117. yurak-bag‘ri ezilmoq: ruhan azoblandi

1. Buzilmoq – sinmoq – avariya bo‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(zarar darajasining ortiqligiga ko‘ra)

2. G‘ijimoq – kavshamoq – oshalamoq – yemoq – tanovul qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

3. Haydamoq – quvmoq – sazoyi qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

4. Iltimos qilmoq – yalinmoq – yolvormoq – o‘tinmoq.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

5. Istamoq – xohlamoq – tusamoq – orzulamoq – orzu qilmoq – tilamoq – ixtiyor qilmoq – sog‘inmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra )

6. Jilmaymoq – kulimsiramoq – iljaymoq – irjaymoq – tirjaymoq – ishshaymoq – irshaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kulish harakatidagi salbiylik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

7. Jilmaymoq – kulimsiramoq – tabassum qilmoq – kulmoq – qah-qahlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakatning kuchliligiga ko‘ra)

8. Jilmoq -qo‘zg‘almoq -o‘rmalamoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq – yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat tezligining oshib borishiga ko‘ra)

9. Koyimoq – po‘pisa qilmoq – do‘q urmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

10. Nazar tashlamoq – termulmoq – tikilmoq – qaramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

11. Nola qilmoq – oh urmoq – faryod solmoq – afg‘on aylamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

12. O‘qimoq – mutolaa qilmoq – yod olmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra)

13. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

14. Otlanmoq – qo‘zg‘almoq – ko‘tarilmoq – yo‘lga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

15. Qistamoq – zo‘rlamoq – majburlamoq – majbur qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

16. So‘ramoq – iltimos qilmoq – yalinmoq – o‘tinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

17. So‘z bermoq – va’da bermoq – lafz qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchlikuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

18. Tamomlamoq – tugatmoq – sop qilmoq – bitirmoq – ado qilmoq – yo‘qotmoq – yo‘q qilmoq – quritmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

19. Tanimoq – bilmoq – anglamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

20. Titramoq – qaltirlamoq – qalt-qalt qilmoq – dildiramoq – dir-dir qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

21. Tug‘ilmoq – yashamoq – o‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(hayot davrining bosqichlariga ko‘ra)

22. Urinmoq – harakat qilmoq – intilmoq – tirishmoq – unnamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

23. Yanglishmoq – adashmoq – xato qilmoq – gunoh qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

24. Yaqinlashmoq – hamkorlik qilmoq – aloqa bog‘lamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

25. Yemoq – tanovul qilmoq – iste’mol qilmoq – totmoq – olmoq – tushirmoq – urmoq – xam qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

26. Yiqilmoq – qulamoq – ag‘anamoq – ag‘darilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.