Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {illat}
So‘z bo‘g‘inlari: il-lat
Izoh(lar)i:
illat ot

1. 1. Tandagi dard, kasallik, xastalik. Dala havosi butun illatni xamirdan qil sug‘urganday tortib oladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Doktorga ham qaratdik, qizim, dori-darmon ham qildik. Illat —suyakda. P. Qodirov, Qadrim

2. 2. Jismoniy yoki ruhiy kamchilik, nuqson, ayb. Qizning oyog‘ida bir illati bor.

3. ko‘chma. ma. Gunoh, ayb; jinoyat. Bo‘ynida illati borning oyog‘i qaltiraydi. Maqol

4. ko‘chma hma Narsalardagi nosozlik, buzuqlik; kasal. Hamma illat o‘sha yangi qo‘shilgan zapas qismda ekan. Mushtum
Mexanik izlab, idoraga chopmasdan, mashinaning illatini topib, o‘zi tuzatadi. M. Niyozov, Kampir ravot yulduzlari

5. ko‘chma hma Me’yoriylikni buzuvchi (salbiy) narsa; qusur, kamchilik. Mana, illat qayerda: ayb obu-havoda emas, ayb mehnat intizomining yo‘qligida! Uyg‘un, Navbahor
Uning hamma yuksak narsalardan illat qidirishi, obro‘si ortgan har bir hamkasbiga tanqid ko‘zi bilan qarashi shundan edi. P. Qodirov, Uch ildiz
Hafsalaning yo‘qligi, sovuqqonlik, o‘zibo‘larchilik qursin. Xuddi shu illatlar tufayli ajoyib bog‘ xarobazorga aylandi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nuqson [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.