Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ilinj}
So‘z bo‘g‘inlari: i-linj
Izoh(lar)i:
ilinj ot

1. Yetishish umidi, ko‘zlangan dard-maqsad; umidvorlik. Muhabbatni bilarmidi? Ilinji pul. Oybek, Tanlangan asarlar
Kunlardan bir kuni Zokirxo‘ja qassob Abdurasuldan ot so‘raydi. Abdurasul undan go‘sht qarz olish ilinji bo‘lganidan, yo‘q deyolmaydi. P. Tursun, O‘qituvchi
Asar qahramonlari bir-birlaridan judo bo‘lgan bo‘lsalar-da, qandaydir ilinj bilan yashaydilar. Gazetadan
U Charos haqida tog‘asidan biron gap eshitish ilinjida edi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Mening bu uyda shu boladan bo‘lak ilinjim yo‘q. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.