1. 1. O‘tmish vaqtdagi, o‘tmishga oid; avvalgi, burungi, qadimgi.
Ilgarigi odamlar ancha sodda, rahmdil ekanini dilidan o‘tkazdi.
Mirmuhsin, Me’mor
2. 2. Yaqin o‘tmishdagi, nisbatan oldingi; boshdagi, dastlabki.
Uch daqiqali kurashdan so‘ng, Mutal bo‘shashdi, ilgarigi kuchanishlaridan qoldi va bir-ikki daf’a to‘lg‘anib, jimgina jon berdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Darhaqiqat, Malakda ilgarigi chaqnash, ilgarigi joziba, ilgarigi hayajon so‘ngan edi.
Mirmuhsin, Yo‘qolgan javohir
Avaz ilgarigidan battarroq shiddat bilan davom etdi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
3. ayn. yn. Sobiq.
Keyingi yillarda partiya yacheykasining kotibligiga ko‘tarilgan Abdurasul ilgarigi xo‘jayini Olaxo‘ja va uning sheriklarini ko‘proq tashvishga solib qo‘ydi.
P. Tursun, O‘qituvchi