Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {il} - g - ak ( Otga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: il-gak-la-moq
Izoh(lar)i:
il fl

1. 1. Mix, qoziq, ilgak va shu kabilarga osmoq, osib qo‘ymoq. Ho‘l, og‘ir shinelini va gimnastyorkasini daraxtga ildi. Oybek,Quyosh qoraymas
Yigit boshidan qalpog‘ini olib, qoziqqa ildi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Tursunboy ota otning bo‘yniga yemto‘rvasini ilib shoshib-pishib, namozi shomni o‘qib chiqdi. S. Ahmad, Ufq

2. 2. Ilmoq va shu kabilarga olmoq, tushirib tortmoq. Suvdagi xas-xashaklarni ilib tortmoq. uchta eski ko‘rpani so‘kdik. Qovug‘idan iplarni ignaning orqasi bilan ilib oldik. A. Hamdam, Do‘stingdan

3. 3. Otilgan yoki yuqoridan tushayotgan narsani yerga tushirmay tutmoq, tutib olmoq. Bolalar qo‘llarini cho‘zib, sapchib, sochqilarni ilib oldilar. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi
It jon-jahdi bilan ikki sakrashdayoq pirillab ketayotgan konvertni lunjiga hap etib ilib oldi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

4. 4. Kiymoq (odatda, yengil-yelpi, rasman bo‘lmagan kiyish haqida). U kavushini mahsisining uchiga ilib, hovliga tushar ekan, xotiniga qayta ta’kidladi H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.