1. 1. Ilib, osib qo‘yish, ilib berkitib qo‘yish uchun xizmat qiladigan, bir uchi qayrilgan metall moslama, ilmoq.
Tong otishga yaqin qadam tovushlari eshitilib, qalin eshikning temir ilgaklari shaqirlab ochildi.
Mirmuhsin, Me’mor
Gapimizga tag‘in birov xalaqit bermasin, deb eshikning ilgagini soldi.
Nazir, Yonar daryo
2. 2. Ilib olish (ilib ko‘tarish, tortish va boshqalar) uchun xizmat qiladigan narsa, moslama.
Birdan mashina motori gurilladi. Ko‘tarma kranning to‘rtta ilgagini qotib qolgan alebastrning to‘rt chekkasiga ilib qo‘yishdi.
S. Ahmad, La’li Badaxshon
Po‘latjon o‘rtadagi sepoyada turib, simga ilgak solib tortdi-da, xodaga mahkam bog‘lab, keyin qo‘yib yubordi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
3. 3. Biror narsani, masalan, kiyimni ilib, osib qo‘yish uchun xizmat qiladigan narsa.
— Nega xalatsiz kirding, bolam? — deya Xosiyat xola burchakdagi ilgakdan oppoq xalatni olib, Muhiddinga kiygiza boshladi
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
4. shv. hv. Tugma, to‘g‘nog‘ich.
5. ko‘chma hma Biror narsaga shama (ishora) tarzidagi so‘z, gap; ilmoq.
Tergovchi sidqidildan aytgan edi, bobo, ilgak tashlayapti, deb ishonmadi.
S. Yunusov, Kutilmagan xazina
6. 6. G‘arazli maqsaddagi gap, so‘z, xatti-harakat va shu kabilar
U [Abdubilol] ilgak topib, majlisni buzish, hech bo‘lmaganda, odamlar orasiga shubha solishni o‘ylardi.
S. Yunusov, Kutilmagan xazina