Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ila}
So‘z bo‘g‘inlari: i-la
Izoh(lar)i:
ila ys

1. kt. q. Bilan. Boy ila xizmatchi. Kumush maktubni o‘qib tamom qildi-da, jonsiz bir tovush ila uyatsiz deb qichqirdi va yerga yiqilib, o‘zidan ketdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Avstraliya tillari oilasiAvstraliya tub aholisi tillari. Papua, miriam va tasman tillari bundan mustasno. Tillarning umumiy soni 200 dan 600 gacha deb hisoblanadi. Avstraliya tillariquyidagicha tasniflanadi: 1) Shimoliy Kimberlin tillari (varoro, kokoyimidir va boshqalar.); 2) Janubiy-Sharqiy adabiy tillari (buandiq, kulin, kurpai va boshqalar.); 3) Markaziy Avstraliya tillari(parnkala, diyeri, aranta va boshqalar.); 4) G‘arbiy Avstraliya tillari(yungar, loritya va boshqalar.) hamda Kvinslent va Yangi Uels tillari. Ularning lug‘at tarkibi boy, ko‘p ma’noli so‘z ko‘p. Bugungi kunda Avstraliya tillarining ko‘pi yo‘qolib bormoqda.

 

B

Chiziqcha bilan yozish1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 51–56- paragraflarini o‘z ichiga oluvchi imlo qoidasi to‘plami.

Quyidagi holda so‘z yoki uning qismlari chiziqcha bilan yoziladi: 1.Juft so‘z va takror so‘z qismi: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-to‘rt, o‘n-o‘n beshta (10-15ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o‘ylab-netib, so‘ramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.

1) juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘z ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;

2) juft so‘z qismi orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: do‘st-u dushman (do‘st-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;

3) yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qo‘yasan, uxlabman-qolibman kabi.

2. Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, to‘ppa-to‘g‘ri, bab-barobar kabi so‘z shakli chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi).

3. So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismi chiziqcha bilan yoziladi: ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘z qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar kabi.

4. Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘z asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.

5. -chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-ey) yuklamasi chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo‘y-e, yashang-e, o‘g‘lim-ey, keldi-ey kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina) yuklamasi o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: keliboq, o‘ziyoq, ko‘rganov, ko‘rdiyov, mengina, qo‘shiqqina kabi.

6. Tartib son arab raqami bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7- sinf, 5-„A» sinfi, 3-, 7-, 8- sinf o‘quvchilari, 60- yillar, 1991- yilning 1- sentabri kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamidan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.

Dravid tillar oilasiHindistonning janubi-sharqi va janubi-g‘arbi, shuningdek, Seylon orolining shimolida yashovchi aholining tili. Bu oilaga tamil, malayalam, kannara, telugu, broxui va boshqa bir qancha kichik tillar kiradi

Finugor til oilasiga fin guruhi (fin, eston, karel, komiziryan, komi-permyak, udmurd, mariy, mordva va boshqa), ugor guruhi (venger, mansi, xatniy tili) kiradi.

Bu oilaga slavyan guruhi (belorus, rus, ukrain, slovak, chex, polyak, makedon, serb, xorvat, sloven tili), german guruhi (ingliz, nemis, shved, norveg, dat, island, golland tili), roman guruhi (fransuz, ispan, portugal, italyan, rumin, moldavan tili) boltiq guruhi (litva, latish, latgal tili), eron guruhi (fors, afg‘on, osetin, kurd, tojik tili), hind guruhi (hind, urdu, bengal, panjob, gujarat tili) kiradi.

 

Bu oilaga g‘arbiy guruh (abxaz, abazin, adigey, kabardin, ubix tili), nax guruhi (chechen, ingush, batsbiy tili), dog‘iston guruhi (avar, dargin, lezgin, lak, karatin, gunzib tillari), janubiy guruh (megrel, chan, gruzin, kartali, svan, guriy va boshqa tillar) kiradi.

Mazkur tillar oilasiana’anaga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi: indonez, polinez, melonez va mikronez tillari. Mazkur tillar o‘zagini malay, polinez tillari tashkil qiladi. Malay-polinez tillari oilasi avstronez tillari ham deb yuritiladi. Hozirgi tasniflarda Tayvan avstronez tillari qolgan avstronez tillariga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ulardan Okeaniya (sharqiy avstronez) shoxobchasi ajralib turadi.

Bu oilaga turk, mo‘g‘ul, manchjur, yapon, koreys va boshqa til tarmog‘i kiradi. “Oltoy” atamasi ushbu tillarning ehtimoldagi qadimgi vataniga ishora. Turkiy tarmoq o‘z navbatida quyidagi guruhga bo‘linadi: o‘g‘uz guruhi (turkman, gagauz, ozarbayjon, turk, qrim-tatar va bolqon turklari tili), qipchoq guruhi (qo‘miq, qorayim, bolqar, tatar, boshqird, no‘g‘ay, qoraqalpoq, qozoq tili), qorluq-uyg‘ur guruhi (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili), uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi (tuva, tofa, yoqut, xakas, shor, sariq uyg‘ur va boshqalar), qirg‘iz-qipchoq guruhi (qirg‘iz va oltoy tili).

G.Ramsted, N.N.Poppe, E.D.Polivanov, V.L.Kotvich, R.Ryasyanen kabi turkiyshunoslarning asarlarida turli davrlarda turlicha nuqtai nazardan isbotlashga harakat qilingan oltoy nazariyasining kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan: sanab o‘tilgan til tarmoqlaridagi anchagina umumiy leksika; so‘zning tovush tarkibidagi, fonetik (singarmonizm) va morfologik qurilishidagi (agglyutinatsiya) o‘xshashliklar; sintaktik strukturaning mosligi va so‘z yasalishi tizimining o‘xshashligi. Shuningdek, deyarli barcha tillarida maxsus so‘roq yuklamalari mavjud, old qo‘shimcha yo‘q. Egalik kategoriyasi taraqqiy etgan, ravishdosh va sifatdosh kuchli rivojlangan. Biroq sonlar, tana a’zolari nomlari, yil fasllari va sutka bo‘laklari, osmon jismlari, ob-havo hodisalari nomlari kabi asosiy lug‘aviy guruhlar orasidagi o‘xshashliklar nisbatining ancha pastligi ularga oltoy bobo tili asos bo‘lganligini shubha ostiga qo‘yadi.

Demak, oltoy tillarining qarindoshlik darajasini o‘rganish dolzarb masala.

 

Til oilasi – kelib chiqishi umumiy va leksik-grammatik xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan til tarmoqlari majmui. Bir oilaga kiruvchi tillarning qarindoshligi tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod asosida o‘rganiladi. Oila atamasi o‘rnida ba’zan guruh termini ham ishlatiladi. Mas., turkiy tillar bir butun holda guruh sifatida oltoy oilasiga kiradi. Bir oilaga kirishi haqidagi ma’lumotlar kam, uzoqlashib ketgan tillarga nisbatan makrooila, fila, filiya terminlari ishlatiladi.

Ko‘plab til oilalarining tarkibi haqidagi ma’lumotlar oxirigacha isbotlanmagan. Mas., ayrim tilshunoslar mo‘g‘ul, tungus-manjur va turkiy tillarni bir umumiy oila sifatida qaraydilar. Boshqalari esa oltoy, hind-yevropa, som-xom, ural, dravid kabi tillar ilgari qarindosh bo‘lgan deya bir til oilasiga kiritiladi.

Dunyodagi ko‘p tillar hali yetarli darajada o‘rganilmagan. Ayniqsa, Amerika va Afrikadagi tillarning kamayib borayotganligi bu tillarninig biror oilaga munosabatini belgilashni qiyinlashtirmoqda. Bunga qaramasdan, indeys tillarining Shimoliy Amerikada 7 ta, Meksika va Markaziy Amerikada 3 ta, Janubiy Amerikada 20 dan ortiq oilasi borligi aniqlangan. Bundagi har bir oila 15–20 dan 100 tagacha tilni qamrab olgan. Janubiy Amerikada keng tarqalgan chibcha tili oilasi jami 70 tilni o‘z ichiga olgan 20 guruhga bo‘linadi.

Dunyo tillari soni aniq emas (2500 tadan – 5 000 tagacha). Tillar sonini belgilashning qiyinligi shundaki, ayrim tilning alohida til yoki lahjaligi aniq emas. Aloqasi uzilgan lahjalarning alohida tilga aylanishi hozir ham yuz bermoqda. Ziddiyat va chalkashliklar bo‘lishiga qaramay, olimlar 2000 dan ortiq tilni oilalarga bo‘lishgan. Ma’lumotga ko‘ra, hozirgi kunda 20 dan ortiq til oilasi bor. Til oilasidan keng tarqalganlari quyidagilar: 1. HindYevropa oilasi. 2. Oltoy oilasi. 3. Finugor oilasi. 4. Xomsom oilasi. 5. Kavkaz oilasi. 6. Xitoytibet oilasi. Bundan tashqari, dravid, malay-polinez, avstraliya, papua, afrika oilasi ham ajratiladi.

Ayrim darslik va qo‘llanmada turkiy tillarni ba’zan alohida oila, ba’zan guruh sifatida ham berishadi. (Mas., quyidagi manbaga qarang: Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish: Dorilfunun va pedagogika inctitutlari talabalari uchun qo‘llanma. – T.: O‘qituvchi, 1992. – B. 176; Ne’matov H., Mahmudov N., G‘ulomov A., Sayfullayeva R., Abduraimova M. Ona tili. 9- sinf uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2002. – B. 8.) Umuman olganda, bu masalada bir xillik yo‘q. Shuning uchun o‘quvchi amaldagi maktab darsligi bergan ma’lumotga tayangani ma’qul.

Tinish belgisiyozmanutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashtirishda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mazmun munosabatlarini ko‘rsatuvchi muhim yozuv vositasi. Ular quyidagilar: nuqta (.), so‘roq belgisi (?), undov belgisi (!), vergul (,), nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), ko‘p nuqta (…), tire (–), qavs ( () ), qo‘shtirnoq (“”).

Nuqtaning ishlatilishi. Nuqta quyidagi o‘rinda qo‘yiladi:1) tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-hayajon) gapdan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o‘z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki, uning kuchi yetsa.2) birinchi qismida nuqta, ko‘p nuqta, undov yoki so‘roq belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan keyin:“Men hozir jo‘nayman, – dedi u. – Siz esa yarim soatlardan keyin yo‘lga chiqing”.3) qisqartirilgan ism va familiyaning birinchi harfi yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy).4) sanash yoki ayrim fikrning qismini ifodalagan va oy, kun, yilni bir-biridan ajratish uchun qo‘llangan raqam yoki harfdan keyin: 27.09.2002 kabi.Qavsga olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgisi o‘z o‘rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi: Ketdi.(A.Qah.) Shuningdek, sarlavhadan keyin (darak gap bo‘lsa) nuqta qo‘yilmaydi. Lekin sarlavha birdan ortiq mustaqil sodda gapdan tuzilgan bo‘lsa, oldingilaridan keyin nuqta qo‘yilib, oxirgisidan keyin qo‘yilmaydi: Gap. Sodda gap

So‘roq belgisining ishlatilishi. So‘roq belgisi quyidagi holda ishlatiladi: 1) so‘roq gapdan keyin: Ishga tayyormisiz? 2) so‘roq gap birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Bunda: a) so‘roq gap mustaqil bo‘lsa, har biridan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi: Qishloq qanday? Og‘aynilar yaxshi yurishibdimi?b) agar so‘roq gap mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, va qo‘shma gap tarzida bo‘lsa, eng so‘nggi so‘roq gapdan keyin qo‘yiladi: – Kim kelyapti: Savrimi, Rahbarmi, yo akangning bolalarini yetaklab kelyapsanmi?3) gap darak gap, undagi birorso‘z yoki ibora noaniq bo‘lsa va gumon ifodalansa, undan keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi: Bu ishning hammasini yarim soat (?) ichida bajarar ekanmiz.Ba’zan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapning oldingisi so‘roq, qolgani esa uning izohi sifatida kelishi mumkin, bunday holda ular orasiga vergul yoki tire qo‘yilishi mumkin, lekin qo‘shma gapning qismi vergul yoki tire bilan ajratilishi shart bo‘lganligi tufayli so‘roq belgisi qo‘yilmaydi: U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong‘i.

Undov belgisining ishlatilishi. Undov belgisi quyidagi holda ishlatiladi: 1)his-hayajon ifodalagan gapdan keyin: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik! 2) buyurish, tilak, orzu ma’nosini ifodalagan gapdan keyin: Hoziroq bularni ko‘zimdan yo‘qot! Qani endi qush kabi osmonda parvoz qilsa! 3) gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalma, undov hamda ha va yo‘q so‘zidan keyin: Yo‘q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!Bunda undovdan oldingi so‘z mustaqil gap sifatida qaraladi.

Ko‘p nuqtaning ishlatilishi. Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinda qo‘yiladi: 1) fikr tugallanmaganda: Agar hozir gapingizni to‘xtatmasangiz...2) so‘zlovchining o‘ylashi, mulohaza qilishini ko‘rsatadi: Bugun... bugun oldingizga o‘tsam bo‘ladimi? 3) ba’zan kimningdir savoliga javob bermay, indamay turganini ko‘rsatish uchun: Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz...4) biror so‘z yoki gapning tushirilganini ko‘rsatish uchun: Bugun yettinchi bo‘limga kelib, ... fig‘oni oshdi.

Ko‘p nuqta, undov va so‘roq belgisining birga kelishi.Gap mazmuni mazkur tinish belgisining birga qo‘llanishini taqozo qiladi. Bunda: 1) so‘roq mazmunidan his-hayajon kuchliroq bo‘lgan gapdan keyin avval undov, keyin so‘roq belgisi birikkan holda (!?) qo‘yiladi: Go‘zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi!?2) kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so‘roq gapdan so‘ng avval so‘roq, keyin undov belgisi birikkan holda qo‘yiladi: – A?! – Xonkeldiyeva turgan yerida surat bo‘lib qoldi. – Direktorimiz-a?! 3) kuchli his-hayajon ifodalagan va mazmunan tugallanmagan gapdan keyin avval undov, keyin ko‘p nuqta birikkan holda (!...) qo‘llanadi: – Nafisa!.. Nafisaoy!...4) mazmunan tugallanmagan so‘roq gapdan so‘ng avval so‘roq, keyin ko‘p nuqta birikkan holda (?...) ishlatiladi: – Nima dedingiz? Bularning hammasi men uchun?...

Vergulning ishlatilishi. Vergul quyidagi o‘rinda qo‘yiladi: 1)uyushiq bo‘lak orasida: 2) bog‘lovchisiz birikkan uyushiq bo‘lak orasida: 1. Andijon, Namangan, Qo‘qon, Marg‘ilon – O‘zbekning chamani, bog‘-u bo‘stoni. 3) takrorlanuvchi bog‘lovchi bilan birikkan uyushiq bo‘lak orasida: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o‘yga toladi. 4) zidlovchi bog‘lovchi yordamida birikkan uyushiq bo‘lak orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi.5)undalmani gapdan ajratish uchun: Ertaga, azizim, toqqa jo‘naymiz; 6)kirish so‘zni va tuzilishiga ko‘ra murakkab bo‘lmagan kirish gapni ajratish uchun: a). Xullas, ertaga shu yerda yotiladigan bo‘ldi. b) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi; 7) ha va yo‘q so‘zini gap bo‘lagidan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to‘rg‘i. Yo‘q, ertaga kela olmayman;8) gapning ajratilgan bo‘lagini ajratib ko‘rsatish uchun: “Biz, 22-guruhda o‘quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma-yon turib o‘qishini istaymiz”;9) bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gapda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo yopirilib kirdi;10)va, ham, hamda, yoki (yolg‘iz kelgan holida) dan boshqa bog‘lovchi bilan bog‘langan qo‘shma gapda: hamma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o‘tirar edi;11) ergash va bosh gapni ajratish uchun: Hamma yig‘ilsa, majlis boshlanadi;12) muallif gapini ko‘chirma gapdan ajratish uchun:Bugungi qilgan ezgu ishlarimiz, – dedi ota, – kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi;

Nuqtali vergulning ishlatilishi. Nuqtali vergul quyidagi o‘rinda qo‘llanadi: 1) o‘z ichida vergul bo‘lgan va guruh-guruh qo‘llangan yoki yoyiq uyushiq bo‘lak orasida: Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug‘i, hayot quvonchi - Hammasining asli manbai Sen, Vatanim – tinchlik tayanchi. 2)         o‘z ichida verguli bo‘lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gapni o‘z ichiga olgan qo‘shma gapda: Daraxtlar, butalar shitirladi; kuzning salqin nafasi yuziga urildi; 3) qavsli harf yoki raqam bilan tartiblangan gapning oxirgisidan boshqasida: Qo‘shma gap uchga bo‘linadi: a) bog‘langan qo‘shma gap; b) bog‘lovchisiz qo‘shma gap; d) ergash gapli qo‘shma gap.

Ikki nuqtaning ishlatilishi. Ikki nuqta quyidagi holda ishlatiladi: 1) uyushiq bo‘lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan so‘ng: Yig‘ilishda tajribali ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka va Sobirjonlar so‘zga chiqishdi; Ba’zan umumlashtiruvchi so‘z yashirinishi mumkin, lekin ikki nuqta qo‘yilaveradi: Qilinishi kerak: traktorlar ta’mirdan chiqarilsin, ishchilarga yetarli sharoit yaratilsin.2) quyidagi ma’noni ifodalagan bog‘lovchisiz qo‘shma gapda: a) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko‘rsatsa: U ichkariga shoshib kirib ketdi: telefon anchadan beri jiringlayotgan ekan;b) bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko‘rsatsa: Shamol juda zo‘raydi: daraxtlarning ancha-munchasi sinib tushdi;d)        agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki izohlasa: Vazifangiz shu: bironta odam bu xonaga kirmasligi kerak.e) ko‘chirma gapdan oldin, muallif gapidan so‘ng: U baland ovozda so‘radi: - Kim bor?

Tirening ishlatilishi. Tire quyidagi o‘rinda qo‘llanadi: 1) ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog‘lamasiz birikkan ega va kesim orasida: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. Ikki o‘n besh – bir o‘ttiz. Bularni amalga oshiradigan – siz. O‘qish – hayotni uqish;2) uyushiq bo‘lakdan so‘ng kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin: Akam, opam va singlim – barchasi meni kutib o‘tirishgan ekan;3) ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish orasida: Men – Valiyev To‘ychi, 1973- yilda Dehqonobodda tug‘ilganman;4) kirish gap bilan gap bo‘laklari orasida: Tunov kungi ovchi – uni o‘rmonda uchratib qoldim – menga qiziq bir voqeani so‘zlab berdi;5) muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida: Bugun kelasizmi? so‘radi qizi; 6) dialog tipidagi ko‘chirma gapda: Keldimi? – Keldi;7) kutilmagan voqea-hodisani ifodalagan gapdan oldin: Kecha sizlarnikiga borgan edim – Asqarjon kelibdi!8) zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gap orasida: Jismimiz yo‘qolur – o‘chmas nomimiz.

Qavsning ishlatilishi. Qavs quyidagi holda ishlatiladi: 1) ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh beruvchi so‘z yoki ibora qavsga olinadi: Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy o‘quv yurtiga kiribdi; Qavsdan oldingi tinish belgisi (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qavsdan keyin qo‘yiladi: Chavandoz bu gapni Ertoyevga aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyev xafa bo‘ladi, aytmasa bir joydan chatog‘i chiqishi mumkin), boshi qotib ... turganda... Gulchehra mojarosi chiqsa bo‘ladimi?2) kiritma gap yoki dramatik asardagi remarka qavs bilan beriladi: a) Ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi. b)Aziz Kamol(xayol og‘ushida).Vatanimizga qarshi ko‘tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu kunlarda cho‘qqisiga chiqdi;3) misol yoki ko‘chirmaning manbai: Eshik qars etib yopildi. (O.Yoq.);4) kirish so‘z yoki iboraga oid tinish belgi qavsning ichiga olinadi: To‘satdan uning xayoliga akasining bundan besh-olti oy oldin... yozgan xati (o‘shandan beri undan dom-darak yo‘q!) ... tushdi.

Qo‘shtirnoqning ishlatilishi. Qo‘shtirnoq quyidagi holda ishlatiladi: 1) ko‘chirma gapni ajratib ko‘rsatish uchun: “Ertaga kelaman “, - dedi;2)ko‘chma, shartli nom yoki taxallus ma’nosidagi ayrim so‘z va so‘z birikmasi ham qo‘shtirnoqqa olinishi mumkin: “Tog‘ asali” sotadigan yigit ... dovonning naryog‘iga o‘tib ketgan.Qo‘shtirnoqqa olinishi kerak bo‘lgan so‘zda turlovchi (kelishik) qo‘shimcha mavjud bo‘lsa, bu qo‘shimcha qo‘shtirnoqdan keyin qo‘yiladi: Buni ko‘rgan Aziz o‘zi haydab kelayotgan «GAZ 69”ning yurishini tezlatib, yo‘lga chiqdi-da, “Jiguli “ tomonga burildi.

Oltoy oilasining turkiy tarmog‘i 100 ga yaqin (ba’zi adabiyotda 24 ta) jonli tilni qamrab oladi. Butun dunyoda birnecha yuz million kishi turkiy tilda so‘zlashadi. Turkiy aholi Uzoq Sharqdan Markaziy Yevropagacha, Taymir yarim orolidan Bolqon yarim oroligacha yoyilgan.

Hozirgi turkiy tillar so‘z boyligi va grammatik qurilishi jihatidan bir-biriga juda yaqin turadi. Shuning uchun bu tilda so‘zlashuvchilar bir-birini tarjimonsiz tushunadi.

Turkiy tillar uzoq tarixiy yozuv madaniyatiga ega. Bu tillarda bitilgan dastlabgi yodgorliklarga «Xuastuanift» (V asr), V–VII asrga oid O‘rxun-Enasoy yodgorliklari yorqin dalil. (q.Turkiy til)

 

Bu oilaga tay-xitoy guruhi (xitoy, dungan, tay, laos, chjuan, vetnam tili), tibet-birma guruhi (tibet, birma tili) kiradi.

Xomsom oilasiga semit (yoki som) guruhi (arab, axmar, xarari, oysor, ivrit), qushit guruhi (galla, somali, saho, beja), berber guruhi (kobil, shilx, rif, tamazist), chat-xom guruhi (xause, kotoko, angas, karekare, sura, chuzgu, mubi), arab guruhi (qadimgi arab) tili kiradi.

 

1. bilarmonlik qilmoq: o‘zini bilimdon fahmlab ish tutmoq, bilar-bilmas ish| qilmoq, gapga aralashib ketmoq

2. bir kesak bilan ikki quyonni urdi: ayni bir vaqtda ikki narsani ko‘zlab ish tutdi

3. bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday: beqiyos go‘zal, nihoyatda dilrabo

4. boshi bilan sho‘ng‘ib ketdi: butunlay berilib ketdi

5. bu dunyo bilan xayrlashmoq: vafot etmoq, o‘lmoq

6. chap ko‘z bilan qaramoq: Boshqalarga nisbatan kamsitib, e’tiborsiz qaramoq.

7. gap bilan chalmoq: gap bilan uzib olmoq.

8. kim biladi: aniq aytib bo‘lmaydi

9. kim biladi deysiz: aniq aytib bo‘lmaydi

10. ko‘zilari chanog‘idan chiqar bo‘ldi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) hayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

11. komil ishonch bilan: mutlaqo amin bo‘lgan holda

12. o‘z gazi bilan o‘lchamoq: Biror ishga, hodisaga o‘zicha, o‘z nuqtayi nazari bilan baho bermoq.

13. ochiq chehra bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan

14. ochiq yuz bilan: yaxshi kayfiyat bilan, xushtabiatlik bilan

15. oila qurdi: oilaviy hayot kechirishga kirishdi

16. oq bilan qorani ajratdi: yaxshini yomondan, foydani zarardan ajratdi

17. osmon bilan yercha: juda katta, beqiyos

18. ot bilan tuyacha: juda katta farq

19. puch yong‘oq bilan qo‘ynini to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

20. qay bet bilan: qanday qilib, uyalmay

21. qaysi yuz bilan: qanday qilib, uyalmay

22. sodda dillik bilan: jo‘nlik, ishonuvchanlik oqibatida

23. tegirmon navbati bilan: Har qanday ishning o‘z muddati, bunda har kimning navbat bilan keladigan tartib o‘rni bor

24. tish-tirnog‘i bilan: Qat’iyat bilan, butun imkon bilan

25. to‘rt ko‘z bilan: intizorlik bilan

26. tog‘ni talqon qiladigan: zabardast, pahlavon

27. tog‘ni ursa– talqon qiladigan: zabardast, pahlavon

28. tuproq bilan teng qilmoq: 1. yer bilan yakson qilmoq, vayron qilmoq. 2. xor qilmoq, poymol, oyog‘osti qilmoq

29. uzog‘i bilan: Ko‘p deganda, ko‘pi bilan

30. xudo biladi: aniq aytib bo‘lmaydigan

31. yer bilan bitta bo‘ldi: sochilib ketdi, betartib holda sochilib yotdi

32. yer bilan bitta bo‘lmoq: yer bilan bitta bo‘ldi

33. yer bilan osmoncha: juda katta, beqiyos

34. yer bilan yakson bo‘ldi: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

35. yer tagida ilon qimirlasa biladi: nihoyatda ziyrak, sezgir

36. yuragi qoq yorila yozdi: sevinib, juda kuchli hayajonlandi

1. Abadiy – mangu – umrbod – toabad – ilalabad.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Istamoq – xohlamoq – tusamoq – orzulamoq – orzu qilmoq – tilamoq – ixtiyor qilmoq – sog‘inmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra )

3. Oila – guruh – jamiyat – tabiat – borliq
Ma’nosiga ko‘ra
(tashkil etuvchilari ko‘lamining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

4. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

5. Tomchilamoq – sizmoq – oqmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning shiddatiga ko‘ra)

6. Turtkilamoq – urmoq – do‘pposlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

7. Urmoq – solmoq – ushlamoq – silamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning qo‘pol yoki muloyimligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.