Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ikkilamchi}
So‘z bo‘g‘inlari: ik-ki-lam-chi
Izoh(lar)i:
ikkilamchi sf

1. shv. hv. Ikkinchi bor, yana qayta; ikkinchi. — Bor sinfingga, ikkilamchi bema’nilik qilma, — dedi direktor [To‘laga]. M. Ismoiliy, Bizning roman
Boylar kir yuvdirgani chaqirganlarida, ergashib yo yo‘qlab borgan bolasiga qattiq-quruq tekkanlarini ko‘rsa, kirni ko‘z yoshlari bilan yuvib kelar, keyin unday joylarga ikkilamchi qadam bosmay so‘yar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Biror jarayon yoki hodisalar qatorida ikkinchi o‘rin tutadigan, ikkinchi darajali. Bunday konstruksiyalar predikativlik funksiyalarini, garchi ikkinchi planda bo‘lsa-da, saqlaydilar va shuning uchun ham ulardagi predikativ aloqa ikkilamchi xarakterga ega bo‘ladi. O‘TA

3. fls. ls. Materialistik ta’limotga ko‘ra, materiyadan keyin, uning hosilasi sifatida yuzaga kelgan, materiyadan keyingi. Materiya — birlamchi, ong, tafakkur ikkilamchi.

4. krsh. s. vzf. kam qo‘ll. ll. Ikkinchidan. Avvalambor, bu yerda begona kimsa yo‘q! Ikkilamchi, podshoh nazdida biz o‘lgan odamlarmiz. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.