Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ijara}
So‘z bo‘g‘inlari: i-ja-ra
Izoh(lar)i:
ijara ot

1. Biror kimsa yoki tashkilotga tegishli narsadan ma’lum haq to‘lab, vaqtincha foydalanish. Ijara xo‘jaligi. Uy ijarasi. Yerni ijaraga olmoq. Uyni ijaraga qo‘ymoq. ▬ Keyingi yillarda kapsanchilar yerni tashlab keta bergan ekan, boylar yerlarini arzon-arzon ijaraga berishibdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.

2. Vaqtincha foydalanish uchun olingan narsa evaziga to‘lanadigan haq. Bu uy uchun har oyda o‘n ming so‘m ijara olinadi. Ijarani vaqtida to‘lamoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.