Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {igna}
So‘z bo‘g‘inlari: ig-na
Izoh(lar)i:
igna ot

1. 1. Bir tomoni nayzasimon, ikkinchi tomoni teshik bo‘lib, teshigidan ip o‘tkazib, narsa tikishga mo‘ljallangan ingichka metall asbob. Mashina igna. Tepchik igna. Qaviq igna. Ignaga ip o‘tkazmoq.

2. 2. Turli asboblarning ignasimon qismi. Patefon ignasi. Primus ignasi.

3. tib. ib. Tibbiy texnikada: ingichka sim yoki uchi o‘tkir naycha ko‘rinishidagi sanchiluvchi yoki sanchiluvchi-kesuvchi asboblarning umumiy nomi. 1982 yil sentyabr oyining oxirlarida igna bilan davolovchi olim va shifokorlarning butunittifoq anjumani bo‘lib o‘tdi. Fan va turmush

4. 4. Ba’zi o‘simlik va jonivorlarning ignasimon a’zosi, nayzasi, tikani. Daraxt ignasi. Kirpi ignasi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ignadek gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi

2. ignasidan ipigacha: butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigach batafsil

3. ipidan ignasigacha: butun tafsiloti bilan, mayda- chuydasigach batafsil

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.