Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ig‘vo}
So‘z bo‘g‘inlari: ig‘-vo
Izoh(lar)i:
ig‘vo ot

1. Nizo, nifoq solishga, ittifoqni buzishga, buzg‘unchilikka qaratilgan xatti-harakat, yolg‘on-yashiq, uydirma, bo‘hton va shu kabilar Boyning ig‘vosiga aldangan bechoralar ikki jahon ovorasi bo‘ldi. S. Ayniy, Qullar
— Xo‘sh, — dedi Bo‘taboy,— sen ham yot unsurlarning ig‘vosini tarqatadigan bo‘lib qoldingmi! A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Ishni boshliqlarga qarshi ig‘vodan emas, mehnatdan boshlash kerak, o‘rtoq Sariyev. A. Muxtor, Tug‘ilish

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ig‘vo qilmoq: orada ig‘voli gap-so‘z yuritmoq (qo‘zg‘amoq).

2. ig‘vo solmoq: orada ig‘voli gap-so‘z yuritmoq (qo‘zg‘amoq).

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.