Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iftor}
So‘z bo‘g‘inlari: if-tor
Izoh(lar)i:
iftor ot

1. din. in. Ro‘za kunlari shom paytida o‘tkaziladigan ro‘zani ochish, og‘iz ochish marosimi; og‘iz ochib ovqatlanish. Iftor qilmoq. Iftorga o‘tirmoq. Afandi uzun kun ro‘za tutib toliqqan edi, iftordan keyin machitga chiqmadi. Latifalar
Tohir keksa ota-onasi bilan iftor qilmoqda edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. 2. Iftor vaqtida beriladigan ziyofat, mehmondorchilik. [Mirobid] Urf-odatlarni hurmat qiladi: har yili besh-o‘nta kishini iftorga chaqiradi. V. G‘ofurov, Vafodor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. giriftor bo‘lmoq: 1.uchramoq, yo‘liqmoq, duchor bo‘lmoq 2.maftun bo‘lmoq.

1. Yo‘liqmoq – uchramoq – duchor bo‘lmoq – giriftor bo‘lmoq – mubtalo bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.