1. 1. Shon-sharaf hissi; faxr. Chol o‘g‘liga, uning tez-tez qimirlayotgan qalamiga qarab-qarab, jim o‘tirar, ko‘zlarida otalik mehri va iftixor sezilardi. H. Ahmar, Kim haq?
2. 2. Shon-sharaf keltiruvchi, faxrlansa arziydigan ish, kimsa yoki narsa. Yoshlar — bizning iftixorimiz. Alisher Navoiy — madaniyatimizning iftixori. Paxta o‘zbek xalqining milliy iftixoridir. ▬ Seni jondan sevarman, shon-u shavkat, iftixorimsan, Sharafshon senga bo‘lsin, o‘zbegimsan, paxtakorimsan. Voqif
1. iftixor qilmoq: faxrlanmoq