Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ifoda} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: i-fo-da-la-moq
Izoh(lar)i:
ifoda ot

1. 1. Bildiruvchi, aks ettiruvchi nutq birligi: so‘z, ibora, gap va boshqalar O‘qituvchi qisqa ifodada ko‘p fikr ayta bilish mahoratiga ega bo‘lmog‘i lozim. R. Usmonov, Odobnoma
Bu so‘z borlig‘imning, butun qalbimning Ifodasi bo‘lib quyilar tilga. Zulfiya
Ifoda siqiqligi she’rda muhim masalalardandir. Yoshlik

2. 2. Aks ettiruvchi yoki mujassamlantiruvchi belgi, holat, ramz. Qardosh mamlakatlar adabiyoti va san’ati dekadalari — xalqlar do‘stligining ifodasidir. — O‘zingiz bilasiz, — dedi Sidiqjon unga ma’yus nazar tashlab; uning bu qarashida cheksiz minnatdorchilik ifodasi bor edi. A. Qahhor, Qo‘shchi-nor chiroqlari
Chehrasiga qalqib chiqqan alamli ifodani yashirishga urinib, burilib qaradi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

3. 3. Biror matematik bog‘lanishni bildiruvchi formula. Algebraik ifoda. Pifagor teoremasining matematik ifodasi. Ifodani yechmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: alomat [a], belgi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.