1. Iffati bor; nomusli, hayoli.
Yoqutbika — to‘raning xotinlari ichida or-nomusli, aqlli, sharm-hayoni bilgan iffatli xotin edi.
J. Sharipov, Xorazm
— Nima muborak bo‘lsin?! [deb so‘radi Otabek]. — Sizga iffatli va sevimli rafiqa bilan qutidordek qaynata, Hasanaliga — kelin.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Boshga ro‘mol tashlagan bilan hamma iffatli va ma’rifatli bo‘lavermaydi.
Gazetadan