1. 1. Belgili tartibda boshqarib, yo‘lga solib borish; boshqarish Idora usuli. ▬ Otabek aytdi: — Endi bizning Toshkent xalqi qipchoqlarning jabr-u zulmi va tadbir idorasi ostida yotib, juda to‘ydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. 2. Ma’lum bir ijtimoiy, davlat, xo‘jalik, savdo va shu kabilar tarmoqlarni boshqarish uchun shtatli xodimlari va ma’muriyati bo‘lgan tashkilot, muassasa, boshqarma va ular o‘rnashgan bino. Boshqaruv idoralari. Musulmonlar idorasi. Idorada ishlamoq. ▬ Stansiyaning idorasi, pochta va telegraf ikkita ko‘k vagonga joylashgan A. Qahhor, Oltin yulduz Sherbekning yodiga raisning bultur idorada o‘tirib aytgan boshqa so‘zlari tushdi. S. Anorboyev, Oqsoy
1. idora etmoq: 1.boshqarmoq, rahbarlik qilmoq 2.bosh bo‘lib, belgili tartibda olib bormoq; amalga oshirmoq
2. idora qilmoq: 1.boshqarmoq, rahbarlik qilmoq 2.bosh bo‘lib, belgili tartibda olib bormoq; amalga oshirmoq