1. Narsa solish (solib qo‘yish) uchun ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or yoki xo‘jalik buyumi.
Don idish. Suv idish. Tunuka idish. Chinni idish
▬
Uning ikki ko‘zi bir do‘kondagi katta idishlarga solingan qandlarda edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Polvon bitta tuxum, ikkita xurmo, yarim misqol sedana, besh dona bo‘tako‘z, bir qoshiq asalni topib, bir piyola suv bilan mis idishda qaynatishga buyurdi.
A. Qahhor, Ko‘r ko‘zning ochilishi
2. Hind-yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhiga mansub, yevropalik yahudiylarning aloqa-aralashuvida qo‘llanuvchi til.